Sayt test rejimida ishlamoqda

Rahbarlarni o‘zi ta’lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilish tashabbusi 19 mart kuni yoshlar ma’naviyatini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini tashkil etishda ko‘mak berish, yoshlar orasida kitob o‘qishni targ‘ib qilishga bag‘ishlangan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan edi.

Bugungi kunda kitobxonlik madaniyati va yoshlar ma’naviyatini oshirish bo‘yicha ijtimoiy aksiya mamlakatimiz bo‘ylab keng amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rahbariyati (A.Yusupov, A.Shermuxamedov) hamda xodimlari (B.Shamuratov, Yu.Inoyatova, M.Saipova, A.Xo‘jakulov, A.Shamsiev, K.To‘xtabekov, R.Mirsaatov, Z.Isroilov, E.Bozorov, B.Alavitdinov, S.Abduraxmonov) ushbu ijtimoiy aksiyaga faol ishtirok etgan holda o‘zlari o‘qigan umumiy o‘rta ta’lim maktab kutubxonalariga o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalaridagi kitoblardan sovg‘a qildilar (№92 (Toshkent), №45 (Toshkent), №28 (Nukus), №160 (Toshkent), №274 (Toshkent), №33 (Nurota tumani), №52 (Qo‘shrabod tumani), №203 (Toshkent), №154 (Toshkent), №54 (Baxmal tumani), №4 (Qarshi), №138 (Toshkent), №200 (Toshkent)).

Ushbu ijtimoiy aksiya bundan keyin ham faol davom ettiriladi. https://t.me/attestatsiya    https://www.facebook.com/oakuzbekistan/

 

   

Yangiliklarga obuna bo‘lish