Kattaxanova Dilnozaxon Sobir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Yangi O‘zbekistonda yosh liderlarni tayorlashning institutsional mexanizmlari. 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ss170.
Ilmiy rahbar: Kuranbaev Kahramon Kuchkarovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/13.05.2020.Ss.23.03.
Rasmiy opponentlar: Qirg‘izboev Muqimjon, siyosiy fanlar doktori, professor; Yusubov Jamshid Qadamovich, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida yosh liderlarni tayyorlashning samarali institutsional mexanizmlarini joriy qilish yuzasidan aniq, manzilli, amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshqaruvda yosh liderlar konsepsiyasi institutsional yondashuv asosida konkretlashtirilib, uni shakllantirishga to‘sqinlik qilayotgan asosiy ijtimoiy muammolar reytingi tuzilgan;
davlat boshqaruvida yosh kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni prognozlashtirish va rejalashtirish, yosh liderlarni davlat boshqaruvi rahbarlik lavozimlariga maqsadli tayyorlashda “Kelajak liderlari akademiyasi”ni Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti huzurida hamda joylarda yoshlarning davlat organlari bilan muloqotini mustahkamlashga qaratilgan “Kelajak liderlari” forumlarini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;
davlat boshqaruvida volontyorlikning haq to‘lanadigan amaliyot turini joriy qilish, yosh kadrlarni ishga qabul qilishda volontyorlik faoliyatining hisobga olinishi tizimini qonuniylashtirish orqali yosh liderlarni tayyorlashning institutsional mexanizmlari samaradorligi asoslangan;
O‘zbekistonda yoshlar parlamenti modelini maslahat organidan qaror qabul qilishga ta’sir o‘tkazuvchi organga transformatsiya qilish orqali yosh liderlarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini yanada kengaytirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonda yosh liderlarni tayyorlashning institutsional mexanizmlarini tahlil qilish natijasida ishlab chiqilgan amaliy takliflar va tadqiqot natijalari asosida:
boshqaruvda yosh liderlar konsepsiyasi institutsional yondashuv asosida konkretlashtirilib, uni shakllantirishga to‘sqinlik qilayotgan asosiy ijtimoiy muammolar reytingi yuzasidan berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishi bo‘yicha reyting tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi SQ-361-IV-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom hamda reyting ko‘rsatkichlarida o‘z aksini topgan (Oliy Majlis Senatining 2021 yil 13 sentyabrdagi 24-14/10-son ma’lumotnomasi). Natijada joylarda istiqbolli yosh kadrlar zaxirasini yaratish, yoshlarga oid va kadrlarni tayyorlashga oid siyosatning samaradorligini oshirishga erishilgan;
davlat boshqaruvida yosh kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni prognozlashtirish va rejalashtirish, yosh liderlarni davlat boshqaruvi rahbarlik lavozimlariga maqsadli tayyorlashda “Kelajak liderlari akademiyasi”ni Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti huzurida hamda joylarda yoshlarning davlat organlari bilan muloqotini mustahkamlashga qaratilgan “Kelajak liderlari” forumlarini tashkil etish haqidagi takliflaridan Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti faoliyatini takomillashtirishda hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 noyabrdagi “O‘zbekiston yoshlari forumi – 2021” haftaligini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 208-son yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturining 47-bandi asosida “Kelajak liderlari” forumini tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 7 yanvardagi 1-01-21-25-son ma’lumotnomasi). Natijada barcha hududlardagi salohiyatli yoshlarni davlat fuqarolik xizmatiga tayyorlash, ularda liderlik ko‘nikmalarini shakllantirish, yosh kadrlarni seleksiya qilishga xizmat qiladigan muloqot platformasini yaratishga erishilgan;
davlat boshqaruvida volontyorlikning haq to‘lanadigan amaliyot turini joriy qilish, yosh kadrlarni ishga qabul qilishda volontyorlik faoliyatini hisobga olinishi tizimini qonuniylashtirish orqali yosh liderlarni tayyorlashning institutsional mexanizmlari yuzasidan takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi o‘rtasida imzolangan “Ëshlarni haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etish orqali bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga ko‘maklashish, ularning ish o‘rganish tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Qo‘shma qarori (2021) hamda “Davlat organlarining vazifa va funksiyalarini volontyorlik orqali nisbatan samarali va tejamkor shaklda amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizom”i loyihasi ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 16 sentyabrdagi 1-01-23-2311-son ma’lumotnomasi). Natijada 700 nafarga yaqin yoshlarni Agentlik faoliyatiga jalb qilish, ular orasidan eng yaxshi natija ko‘rsatgan 320 nafar volontyorlarni Agentlikning mahalliy va hududiy bo‘lim va boshqarmalariga ishga qabul qilish hamda ularning liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishilgan.
O‘zbekistonda yoshlar parlamenti modelini maslahat organidan qaror qabul qilishga ta’sir o‘tkazuvchi organga transformatsiya qilish orqali yosh liderlarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini yanada kengaytirish yuzasidan berilgan takliflardan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan “O‘zbekiston yoshlari forumi – 2021” haftaligi doirasida “Yoshlar huquqlari va global muammolar” mavzusida yosh huquqshunoslar va parlamentariylar forumini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022 yil 7 yanvardagi 20/1-57-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning huquqiy savodxonligi, ijtimoiy-siyosiy faolligi va liderlik ko‘nikmalarini oshirishga erishilgan.
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faoliyatida tadqiqot natijalaridan 2018 yildan boshlab “O‘zbekiston” telekanalining “Munosabat” teleko‘rsatuvi hamda 2020 yildan boshlab “O‘zbekiston 24” telekanalining “Qarama-qarshi” teleko‘rsatuvlari, shuningdek, 2021 yil iyul` oyida efirga uzatilgan “Yoshlar” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Strategik kuch” nomli hujjatli fil`mi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 21 sentyabrdagi
01-15/1857-son va 2022 yil 7 yanvardagi 04-14/28-son ma’lumotnomalari). Natijada yoshlarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning, yoshlarga oid davlat siyosatining maqsadi, mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirishga hamda ularning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy sohaga oid bilimlari va dunyoqarashini oshirishga erishilgan.