Shaxobutdinov Rustam Erkinbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Modelirovanie kinematiki i dinamiki kulachkovix mexanizmov rejushhix sistem vintovix kalibrov dlya prokatki sharov proizvol`nogo diametra», 05.02.02 – Mexanizm va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T74.
Ilmiy rahbar: Karimov Rasul Isxakovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Alimuxamedov Shavkat Primuxamedovich, texnika fanlari doktori, professor; Abdusalom Abdukarimov, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi
vintli kalibrlarni kesuvchi tizim kulachokli mexanizmlarining kinematikasi va dinamikasini modellashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ikki kirimli vintli kalibrlarining ariqchalar markazi siljigan valoklarni ishlab chiqarish texnologiyasi og‘irlik markazining siljiganlik darajasi asosida ishlab chiqilgan;
ikki kirimli vintli kalibrlarining ariqchalar markazi siljigan valoklarni kesish uchun kulachoklarni ishlab chiqish texnologiyasi olinayotgan sharlarning diametriga nisbatan ta’sir etuvchi kesish kuchlarining yuzaga nisbatan taqsimlanishi asosida ishlab chiqilgan;
kulachokning to‘rt harakatlanish fazalari uchun turtqichning siljishi, tezliklari va tezlanishlarini aniqlash matematik modellari siljish parametrlarining o‘zgarish dinamikasi asosida ishlab chiqilgan;
aksial, dezaksial va turtkichi tekis kulachokli mexanizmlar uchun nisbiy tezliklarni aniqlash analitik tenglamalari tezliklarning o‘zaro nisbatlari asosida ishlab chiqilgan;
texnologik qarshilik kuchlarni hisobga olgan holda kulachokli mexanizm kinematik juftlaridagi reaksiya kuchlarini aniqlash uchun analitik tenglamalar qarshilik kuchlarining o‘zgarish xarakteri asosida ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
GOST 7524-2015 davlatlararo standartiga muvofiq import o‘rnini bosuvchi yangi turdagi diametri 70 mm issiq prokatlangan maydalovchi po‘lat shar mahsulotining ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun olib borilgan ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ikki kirimli vintli kalibrlarining ariqchalar markazi siljigan valoklarni ishlab chiqarish texnologiyasi joriy etilgan («Uzmetkombinat» aksiyadorlik jamiyatining № 01-1/1181 joriy etish bo‘yicha ma’lumotnomasi 1 iyun` 2021 yil). Ishlab chiqilgan texnologiyaning qo‘llanilishi natijasida davlatlararo GOST 7524-2015 standartiga javob beruvchi yangi turdagi import o‘rnini bosuvchi mahsulot – diametri 70 mm bo‘lgan maydalovchi po‘lat sharlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan;
ikki kirimli vintli kalibrlarining ariqchalar markazi siljigan valoklarni kesish uchun profili nazariy asoslangan kulachoklarni yaratish texnologiyasi joriy etilgan («Uzmetkombinat» aksidorlik jamiyatining № 01-1/1181 joriy etish bo‘yicha ma’lumotnomasi 1 iyun` 2021 yil). Joriy etilgan texnologiyani qo‘llanilishi bir kirimli valoklarga nisbatan iaydalovchi po‘lat sharlarni prokatlashdagi ish unimdorligini 2 barobarga oshirish imkonini berdi. Joriy etishdagi mablag‘ 1 682 314 200 so‘mni tashkil etgan.