Azizova Malika Askarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Virusga qarshi polimer tarkibli “SelAgrip” preparatining sintezi, xossalari va texnologiyasi», 02.00.05 - Sellyuloza va sellyuloza-qog‘oz ishlab chiqarish kimyosi va texnologiyasi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/K121.
Ilmiy rahbar: Sarimsakov Abdushkur Abduxalilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.K/FM/T.36.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kudishkin Valentin Olegovich, kimyo fanlari doktori, professor; Akmalova Guzal Yusufovna, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gossipolning NaKMS bilan birikmasi asosidagi virusga qarshi «SelAgrip» preparatini sintez qilish usulini ishlab chikish, DAKMS va gossipol polimer modifikatsiyasining kimyoviy strukturasini aniqlash, polimer asos tabiati, bog‘langan gossipolning miqdori, kimyoviy bog‘ turi va biologik faollik o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish, shuningdek, ishlab chiqarish texnologiyasini shakllantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli AD va PD ga ega bo‘lgan namunalar asosida Na-KMS dialdegidlarining tarkibi, tuzilishi va xususiyatlari o‘rganildi.
DAKMS ni kimyoviy modifikatsiyalash orqali tabiiy gossipolning suvda eruvchan polimer hosilalari olindi.
ilk bor modifikatsiyalangan polimerning tarkibi va tuzilishi taxlil qilindi;
gossipolning polimer shakllarini olish usuli va ishlab chiqarish texnologiyasi asosida virusga qarshi suvda eruvchan «SelAgrip» preparati yaratildi.
ilk bor ishlab chiqilgan preparatni olish texnologiyasida atseton sarfining kamaytirishga va texnologiyani jadallashtirishga erishildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Polimer asosli virusga qarshi «SelAgrip» preparatining sintezi, xossalari va texnologiyasi mavzusidagi dissertatsiya ishida keltirilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
“Selagrip” preparati substansiyasini olish usuliga №IAP 04811-sonli patent olindi;
virusli gripp va O‘RVI ning oldini olish va davolash uchun virusga qarshi «SelAgrip» preparatining substansiyasi va dori shaklini olish texnologiyasi ishlab chiqildi;
preparat uchun Farmakopeya maqolasi ilab chiqildi va O‘zR FQda ro‘yxatdan o‘tkazildi;
olingan natijalar substansiyasi O‘zR FA PKFI da ishlab chiqariladigan preparatning dori shaklini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish orqali «Radiks» XIIChK da joriy etilgan 20.01.2010 y. sanasidagi 7677-sonli guvohnoma, 29.09.2021 y. ro‘yxatdan o‘tkazilgan FS 42 Uz -1554-2021 me’yoriy hujjati.