Turamuratova Iroda Ilxombaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Metafora kak osnovnoy trop ispanskogo poeticheskogo diskursa (na materiale poezii Federiko Garsia Lorki)”, 10.00.04 ˗ Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil175.
Ilmiy rahbar: Baxronova Dilrabo Keldiyorovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Rahimov G‘anisher Xudoyqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Shamaxmudova Aziza Furkatovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Federiko Garsia Lorka poetik diskursida qo‘llanilgan konseptual metafora va metametaforalar mohiyatini tarixiy bilim va ekstralingvistik omillar nuqtai nazaridan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Federiko Garsia Lorka poetik diskursida qo‘llangan konseptual metaforalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ispan turmush tarziga singib ketgan puñal, arado, alambres, piquetas, incensario, redes, cuchillo, tijeras, guitarra, cuerdas, arco (xanjar, omoch, simlar, cho‘kich, ladan tutatqich, to‘r, pichoq, qaychi, gitara, torlar, kamon) narsa-predmetlar va ularning elementlari orqali ifodalanishi aniqlangan;
Federiko Garsia Lorka poetik diskursida qo‘llangan metaforalarning olam lisoniy manzarasidagi o‘rni ularga singdirilgan lluvia – paz, estrella – harmonía, luna – muerte, viento – furia (yomg‘ir – xotirjamlik, yulduz – uyg‘unlik, oy – o‘lim, shamol – g‘azab) kabi antropomorf kabi metaforik modellar asosida dalillangan;
metametaforaning poetik diskursning yashirin syujet va g‘oyaviy-badiiy mazmun-mohiyatini tashkil etishi hamda ispan mentalitetiga xos olamning lisoniy manzarasini deshifrovkalash imkoniyatini berishi Federiko Garsia Lorka qo‘llagan falsafiy metametaforalar asosida aniqlangan;
Federiko Garsia Lorka poetik diskursida qo‘llangan metaforalarning ispan madaniyatiga xos stereotiplar hamda shoir individual-mualliflik shaxsiyati kognisiyasiga bevosita aloqadorligi amor cuerpo humano = objetos de flora y fauna (muhabbat inson tanasi = flora va fauna)), muerte cuerpo humano = objetos de flora y fauna (o‘lim inson tanasi = flora va fauna) metaforik modellari orqali isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Federiko Garsia Lorka poetik diskursini ŭrganish davomida erishilgan ilmiy natijalar doirasida:
Federiko Garsia Lorka poetik diskursida qo‘llangan konseptual metaforalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ispan turmush tarziga singib narsa-predmetlar va ularning elementlari orqali ifodalanishiga oid xulosalardan ITD-1-107 “Xorijiy (ispan, fransuz, nemis) tillar bo‘yicha o‘qituvchi kadrlar va mutaxassis-filologlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarida uzviylik hamda uzluksizlikni ta’minlovchi, o‘zbek realiyalarini aks ettiruvchi o‘quv-uslubiy majmualar va ularning elektron versiyalarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 15 fevraldagi 89-03-931-son ma’lumotnomasi). Natijada taklif etilgan materiallar bakalavriat bosqichining “Español-2” darsligi takomillashuviga va talabalarda metafora va metametaforaning o‘xshash va farqli jihatlari bo‘yicha bilimlarini oshirishga xizmat qilgan;
Federiko Garsia Lorkaning poetik diskursida metafora yorqin milliy-spesifikligi, uning paydo bo‘lish tamoyili esa ko‘p jihatdan muayyan metaforik modellarga asoslanganligi haqidagi xulosalardan Salamanka universiteti filologiya fakul`tetida xorijiy mutaxassislarni o‘qitish jarayonida foydalanilgan (Ispaniyaning Salamanka universiteti 2019 yil 10 dekabrdagi 65/572-son ma’lumotnomasi). Natijada darslarda foydalanilgan materiallar mashg‘ulotlar chog‘ida mutaxassislarga nazariy va amaliy ishlanmalar uchun manba bo‘lib xizmat qilgan, ularning ilmiy tasavvur-tushunchalari boyishiga erishilgan;
Federiko Garsia Lorka poetik diskursida qo‘llangan metafora va metametaforalarning ispan mentalitetiga xos stereotiplar hamda shoir individual-mualliflik shaxsiyati kognisiyasiga bevosita aloqadorligi haqidagi xulosalardan “Practicas de autoaprendizaje” darsligidagi “Práctica de investigación básica” va “Práctica de crear proyectos, informes y tesis” mavzularini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 27 martdagi 603-son buyrug‘i, nashr guvohnomasi №603-134). Natijada ispanlar olamining milliy-madaniy manzarasi va shoirning dunyo haqidagi individual-mualliflik olami manzarasini yorituvchi ashyoviy materiallar talabalar bilimini kengaytirishga xizmat qilgan;
Federiko Garsia Lorka poetik diskursida amor (muhabbat) va muerte (o‘lim) metaforalarining kognitiv ma’nosi tahlili asosida ispan mentalitetiga xos olam lisoniy manzarasining lingvistik xususiyatlaridan Meksika Davlat Avtonom universiteti tomonidan tashkil etilgan onlayn kurs mashg‘ulotlarida foydalanilgan (Meksika Davlat Avtonom universitetining 2021 yil 3 maydagi 800-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarga Federiko Garsia Lorka she’riyatining konseptual metaforik prizmasi, xususan, “muhabbat” va “o‘lim” konseptual metaforalarini chuqurroq tushunishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston va Ispaniya xalqlari milliy madaniyati, arab so‘zlarining har ikki tildagi talqini va buyuk ispan shoiri Federiko Garsia Lorka asarlaridagi ispan mentaliteti va lisoniy shaxsining yorqin ifodasi haqidagi tadqiqotda keltirilgan ilmiy-nazariy fikrlardan Buxoro viloyat televideniesining “Adabiy muhit”, “Assalom, Buxoro”, “She’riyat gulshani”, “Menga so‘z bering” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tuzishda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 13 fevraldagi 160-son ma’lumotnomasi). Natijada foydalanilgan materiallar ushbu dasturlar mazmunini boyitgan, ularning mazmuni ikki xil til va madaniyatga oid yangi ma’lumotlar bilan takomillashgan, xususan, ispan xalqining mentaliteti Federiko Garsia Lorka asarlari prizmasida yaqqol namoyon bo‘lishiga xizmat qilgan.