To‘raev Muzaffar Farmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchisining axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi yo‘nalishi misolida)”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2644.
Ilmiy rahbar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01 
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamatov Dilmurod Normurodovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchisining axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida talabalarini axborotli ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish va loyiha ma’lumotlarini boshqarishda kasbga yo‘naltirib o‘qitish orqali axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning uslubiy-didaktik ta’minoti tizimli, kompetensiyaviy va metodologik yondashuvlar asosida mazmunan rivojlantirilgan; 
bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchisining axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirish modeli maqsadli, mazmunli, jarayonli va tashxislovchi-natijaviy bloklarning hamda izchillik, mobillik, kasbga yo‘naltirilganlik tamoyillarining uzviyligini ta’minlash asosida ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchisini kompyuterda ma’lumotlarni qayta ishlash, saqlash, uzatish va xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirib o‘qitish orqali axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirish metodikasi texnik va pedagogik jarayonlarni vizual dasturlash (RAD Studio, Adruino, Python) va axborotli-didaktik mobil ilovalar ishlab chiqish (CSS, PHP, Java) asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchisining axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlanganligining reproduktiv, produktiv va ijodiy darajalari, baholash tizimi va indikatorlari prognoz parametrlarining miqdoriy va sifatiy ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish natijasida optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarini axborot-kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarini axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirish uchun “Ma’lumotlar bazasi” fanini o‘qitishda qo‘llaniladigan interaktiv ta’lim metodlari, pedagogik va texnik dasturiy mahsulotlarni yaratishda dasturlash tillari va ma’lumotlar bazasidan foydalanishning nazariyasi va amaliyoti birligini ilmiy-metodik jihatdan ta’minlashga oid takliflarni o‘z ichiga olgan “Ma’lumotlar bazasini boshqarish” nomli o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan va ta’lim jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676–son buyruq, 676–520 raqamli guvohnoma). Natijadan ta’lim jarayonida foydalanish ta’lim sifatini oshirish va talabalarning axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirish imkonini bergan;
ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillari imkoniyatlaridan foydalanib, talabalarning axborot-kommunikativlik, kreativlik, loyihalash, konstruksiyalash, boshqaruv, tadqiqotchilik kabi kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga mo‘ljallangan didaktik ta’minot (texnik va pedagogik dasturiy mahsulotlar, mobil ilova) ishlab chiqilgan va ta’lim jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining №07521, №07986 mualliflik guvohnomalari). Natijada bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarining axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirishga hamda ta’limda o‘quv kurslar mazmuni, o‘qitish metodikasi va pedagogik tajriba-sinov ishlarining sifat darajasini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish