Isaeva Shoira Maxamadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yusuf xos Hojib asarining ingliz va rus tilidagi tarjimalarida ekvivalent bo‘lmagan leksikaning lingvomadaniy jihatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (ingliz tili) (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil584.
Ilmiy rahbar: Boqieva Gulandom Hisamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Zohidjon Yakubjanovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Djumaboeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yusuf xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarining ingliz va rus tillaridagi tarjimasida ekvivalent bo‘lmagan leksikaning linvomadaniy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
“Qutadg‘u bilig” asarining ruscha va inglizcha tarjimasidagi lingvomadaniyatshunoslikka oid leksik birlik va so‘z birikmalarini tarjima transformatsiyasi orqali shakl va mazmun komponentlarini o‘zgartirishda transkripsiya va transliteratsiya usullarining samaradorligi aniqlangan;  
“Qutadg‘u bilig” asarining ingliz va rus tarjimalaridagi noekvivalent leksika orqali madaniy markerlangan leksemalarni tarjima qilishdagi qiyinchiliklar ushbu leksemalarni rus va ingliz tilidagi matnlarda to‘liq tarjima tilida yoki to‘liq assimilyasiya qilinmagunga qadar yuzaga keladigan taxminiy transkripsiyada namoyon bo‘lishi dalillangan;
ekvivalenti bo‘lmagan leksikani lakuna, ekzotizm va varvarizmlar bilan tenglashishini aniqlash orqali milliy-madaniy markerlangan leksikaning noekvivalentligi kamida ikki til doirasida (rus va o‘zbek tillari yoki ingliz va o‘zbek tillari), kamdan kam hollarda uch tilli misollar doirasida (rus – ingliz – o‘zbek tillarida) aks etishi isbotlangan;
tarjimani o‘zga til muhitida so‘z san’atining mustaqil asari sifatida tushunish ortida uning yaratuvchisi bo‘lgan tarjimon uslubiga oid tarjima muammolarini “o‘ziniki” va “o‘zganiki” kabi tushunchalar to‘qnashgan nuqtada bartaraf etish mumkinligi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yusuf xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarining ingliz va rus tillaridagi tarjimasida ekvivalent bo‘lmagan leksikaning linvomadaniy jihatlarini ochish asosida:
Yusuf xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarining ingliz va rus tiliga tarjimalaridagi milliy-madaniy o‘ziga xosliklarni ifodalovchi leksik birliklarning lingvomadaniy jihatlarini qiyosiy, chog‘ishtirma tahlil etish orqali va tadqiqot asosida tarjima usullarining ko‘p qo‘llangan jihatlariga oid ilmiy-nazariy xulosalardan №OT-F1-53 “Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakul`teti uchun “Translation in Use” darsligini yaratish va nashr qilish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2021 yil 9 apreldagi 04/309-son ma’lumotnomasi). Natijada joriy qilingan materiallar noekvivalent leksikaning lingvomadaniy o‘ziga xosligini tarjimada ochib berishga xizmat qilgan;
Yusuf xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarning ingliz va rus tillaridagi tarjimalari, lingvokul`turemalar hamda milliy-madaniy hususiyatlarni aks ettiruvchi leksik birliklarga doir ilmiy-nazariy xulosalardan ITD-1 raqamli “Madaniyatlararo va kommunikativ yondashuv nigohida magistratura mutaxassisligi (ingliz tili) bo‘yicha nazariy fanlardan ingliz tilida qo‘llanmalar yaratish va o‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik terminlar lug‘atini tuzish” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2021 yil 18 sentyabrdagi 24-700-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu amaliy loyiha doirasida yaratilgan darslik va o‘quv qo‘llanma lingvokul`turemalar va milliy-madaniy xususiyatlarni aks ettiruvchi leksik birliklarga oid ilmiy dalillar bilan boyitilgan;
Yusuf xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asaridagi lingvokul`turemalarni aniqlanishi va ta’riflanishi, ularni ingliz va rus tillaridagi tarjimasida milliy-madaniy o‘ziga xoslikka oid ilmiy-amaliy xulosalardan Yozuvchilar Uyushmasining xalqaro adabiy aloqalar va badiiy tarjima bo‘limi tarjimonlari uchun mo‘ljallangan treningining tashkiliy qismida keng foydalanilgan (Yozuvchilar Uyushmasining 2021 yil 8 apreldagi 01-03/507-son ma’lumotnomasi). Natijada taqdim etilgan materiallar yosh tarjimonlarning “Qutadg‘u bilig” asarining ingliz va rus tiliga tarjimalaridagi ekvivalentlik, al`ternativlik va tavsifiy usullari orqali qo‘llanilishi haqida tajribasini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish