Raxmanova Azizaxon Abdugafurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili milliy korpusini yaratishda kompyuter usullari”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fi1926.
Ilmiy rahbar: Abduraxmanova Muqaddas Tursunalievna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Raupova Laylo Rahimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Xoliyorov O‘rol Menglievich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi milliy korpuslarning lingvistik tadqiqot manbasi sifatidagi ahamiyatini ochib berish, o‘zbek tili milliy korpusini yaratishning texnologik tamoyillarini belgilash, kompyuter usullarini tizimlashtirish, matnni razmetkalash, grafematik analiz va milliy razmetka teglarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tili milliy korpusini tuzishda foydalaniladigan, o‘zbek tilidagi kiritilgan matnni bo‘laklarga bo‘lish, abzats, supersintaktik butunliklar talabiga amal qilgan holda qismlarga ajratish, matn mazmunini aks ettiruvchi sarlavha qo‘yish, matn bo‘lmagan elementlarni olib tashlash, inisial bilan yozilgan o‘rinlarni va chet so‘zlarni qayta ko‘rib chiquvchi grafematik analiz usullari ishlab chiqilgan;
avtomatik tarjima imkoniyatlarini kengaytirish uchun xizmat qiladigan tabiiy tilni qayta ishlash, lingvistik razmetkalashning tokenizatsiya, lemmatizatsiya, stemming, parsing kabi avtomatik tahrirlashning nazariy-texnologik asoslari ochib berilgan;
tezauruslarda leksemaning antonimi, paronimi, omonimi yoki kontekstual ma’nolarini farqlash uchun zarur bo‘lgan kollokatsiy modellari ishlab chiqilgan;
avtomatik tahrir va tarjima dasturlari uchun omonimlarni farqlashning o‘zbek tili agglyutinativ tipologik va turkiy tillarga xos geneologik xususiyatlariga asoslangan hamda dasturda omonimlar avtomatik tarzda farqlanadigan milliy teglar tizimi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili milliy korpusini yaratish texnologiyasi, usullari va matn razmetkalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek tili milliy korpusini yaratish imkonini beruvchi matnlarni saralash va qayta ishlash, konvertlash, grafematik analiz usullariga doir xulosalardan 2017–2020 yillarda bajarilgan “Development of the interdisciplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian Universities” nomli ERASMUS CLASS loyihasida keng foydalanilgan, jumladan, loyiha doirasida bajarilgan sillabuslarni tuzishda, darslik yozishda dissertatsiyada tadqiqot predmeti sifatida belgilangan morfemalarning ketma-ketligi hamda tadqiqot natijasida korpus lingvistikasiga doir tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish, semantik, sintaktik razmetkalar asosidagi keng ma’lumotlar bazasini shakllantirish, kompyuter usullarini ishlab chiqishda, razmetkalashda milliy tilning tipologik va geneologik xususiyatlariga oid ilmiy xulosalaridan mazkur loyihaning materiallarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Erasmus + National Erasmus+Office-Uzbekistan tashkilotining ma’lumotnomasi). Natijada milliy korpuslarni shakllantirishning kompyuter usullarini tizimlashtirishga erishilgan;
jahon tilshunosligida milliy tilning mavqeini oshirish, ijtimoiy funksiyalarini kengaytirish, korpus yaratishning kompyuter usullari, matematik modellarini belgilash, kompyuter lug‘atlari, milliy korpus, muallif korpuslarining ma’lumotlar bazasi sifatidagi ahamiyatini yoritish borasidagi ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020–2021 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyati, markazning 2017–2020 yillarda amalga oshirilgan “Sharq renessansi davri allomalari va mutafakkirlari asarlarining ilmiy-falsafiy va badiiy-lingvistik tadqiqi” amaliy tadqiqotlar davlat granti loyihasida, shuningdek, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi majlisining 2021 yil yanvardagi O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga kutarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining VI yo‘nalishiga oid “Xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa, yoshlarimiz o‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash” 50-bandi “Yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Rustamxon” kabi xalq og‘zaki ijodi namunalari keng istifoda etgan holda “Milliy qadriyatlar” festivalini o‘tkazish” kabi mavzulardagi maqsadli va manzilli targ‘ibot tadbirlarini tashkil etishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 11 oktyabrdagi 02/08/1261-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan ma’lumotlar bazasi shakllantirilgan;
o‘zbek tili milliy korpusini yaratish, uning davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini oshirishga doir ilmiy-nazariy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Mavzu” va “Taqdimot” ko‘rsatuvlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” DUKning 2021 yil 19 apreldagi 02-13-598-son ma’lumotnomasi). Natijada kompyuter lingvistikasi imkoniyatlari, korpuslarning amaliy ahamiyati haqidagi nazariy bilimlar doirasi kengaytirilgan.