Raxmedova Madinaxon Nusrat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xorijiy investisiyalarni jalb qilish instrumenti sifatida evroobligatsiyalar bilan operatsiyalarni takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi, kredit (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2. PhD/Iqt314.
Ilmiy rahbar: Tashmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Xaydarov Nizomiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karlibaeva Raya Xojabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shaxri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xorijiy investisiyalarni jalb qilish instrumenti sifatida evroobligatsiyalar bilan operatsiyalarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
investorlar uchun jozibador mexanizmlarni joriy qilish hisobiga imtiyoz va preferensiyalarni berish orqali kapital bozorida evroobligatsiyalar emitentlarini rag‘batlantirgan holda evroobligatsiyalar to‘lov darajasi 4,75% pasaytirish asoslangan;
tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va investisiya kompaniyalarining evroobligatsiyalar emissiyasi va boshqa emitentlar evroobligatsiyalariga investisiya kiritish orqali milliy institusional investorlarning evroobligatsiyalar bozoridagi faolligini oshirish taklif etilgan;
xalqaro obligatsiyalar emissiyasidan olingan mablag‘larni strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ektlarga byudjet ssudasi sifatida ajratish taklif etilgan;
differensial qimmatli qog‘ozlar bozori instrumenti sifatida emitentlar tomonidan uch yillik suzuvchi kuponlik evroobligatsiyalar muomalasidan foydalanish orqali kuponli to‘lovlarni taribga solish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Xorijiy investisiyalarni jalb qilish vositasi sifatida evroobligatsiyalar bilan operatsiyalarni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
xalqaro obligatsiyalar milliy emitentlari faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organning huquq va majburiyatlarini belgilash va  kelajakda suveren kredit reytingi, tijorat banklari va boshqa aksiyadorlik jamiyatlarining kredit reytingi yaxshilanishiga ko‘maklashuvchi milliy qimmatli qog‘ozlar bozorini bir maromda rivojlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.01.2019 yil qabul qilingan PQ-4127-son Qarorida aks ettirildi (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 26 apreldagi 06/04-01-32/974-son ma’lumotnomasi).  Mazkur taklifning amaliyotga qo‘llanilishi natijasida xalqaro moliya bozorlarida suveren va korporativ evroobligatsiyalar bo‘yicha foiz stavkalari sezilarli pasayishiga olib keldi;
tabaqalashtirilgan qimmatli qog‘ozlar bozori vositalari, xususan, o‘rta muddatli evroobligatsiyalarni xalqaro moliya bozorida joylashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.04.2019 yil qabul qilingan PQ-4300-son Qarorida aks ettirildi (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 26 apreldagi 06/04-01-32/974-son ma’lumotnomasi). UShbu taklifning amaliyotga qo‘llanilishi natijasida 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi birinchi marta London fond birjasida milliy valyutada nominal qiymati 2 trln. so‘m bo‘lgan evroobligatsiyalarni 3 yil muddatga 14,5% daromadlilik bilan muvaffaqiyatli joylashtirdi.
xalqaro moliya bozorlari bilan faol integratsiya asosida investorlarning barcha toifalari uchun kapital bozorining ochiqligini oshirish, jumladan, xalqaro moliya bozorida, xususan, evroqog‘ozlar bozorida institusional investorlar sifatida milliy banklar, sug‘urta va investisiya kompaniyalari va boshqa moliya sub’ektlarining ahamiyatini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.01.2019 yil qabul qilingan PQ-4127-son Qarorida aks ettirildi (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 26 apreldagi 06/04-01-32/974-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi natijasida bir qator milliy banklar korporativ evroobligatsiyalarni chiqarish orqali jahon fond bozorining professional ishtirokchilariga aylandilar.
mamlakatning investisiya va strategik muhim loyihalarini, xususan, oltin qazib olish bilan bog‘liq loyihalarni va xalqaro obligatsiyalar chiqarishdan olingan mablag‘lar hisobiga ijtimoiy infratuzilmani yaxshilaydigan loyihalarni moliyalashtirishga mablag‘lar ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.04.2019 yil qabul qilingan PQ-4258-son Qarorida aks ettirildi (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 26 apreldagi 06/04-01-32/974-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida evroobligatsiya chiqarishdan olingan mablag‘larni Navoiy KMKning texnik, texnologik va innovatsion salohiyatini oshirish uchun yo‘naltirish mumkin bo‘ldi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish