Axmedov Hamrobek Erkinovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ma’muriy nazorat ostidagi shaxslarga oid profilaktik chora-tadbirlarni takomillashtirish”, 12.00.14 – Huquqbuzarliklar profilaktikasi. Jamoat xavfsizligini ta’minlash. Probatsiya faoliyati (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Yu381.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Djaxongir Xayitovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Otajonov Abrorjon Anvarovich, yuridik fanlar doktori, professor; O‘razaliev Murod Qoraevich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ichki ishlar organlarining ma’muriy nazorat ostidagi shaxslar bilan olib boradigan profilaktik chora-tadbirlari samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy xulosa, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga asosan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun boshqa davlat hududida ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni o‘tagan shaxslarni ma’muriy nazorat o‘rnatiladigan shaxslar toifasiga kiritish zarurati asoslangan;
ma’muriy nazorat o‘rnatish vaqtida belgilanadigan ma’muriy cheklovlar qatoriga alkogolli ichimliklarni iste’mol qilishni taqiqlashni kiritish zarurligi isbotlangan;
fuqaroning xorijga chiqish huquqini cheklash asoslari qatoriga ma’muriy nazoratning o‘rnatilishini kiritish ma’muriy nazorat ostidagi shaxslar bilan olib boriladigan yakka tartibdagi profilaktik chora-tadbirlarning samaradorligini oshirishga xizmat qilishi asoslantirilgan;
tuman, shahar markazidan 10 km dan uzoq masofada yashayotgan shaxslarni mahalla huquq-tartibot maskanida qayddan o‘tkazish asosida nazorat qilish tartibini joriy etish ma’muriy nazorat ostidagi shaxslarning ortiqcha ovoragarchiligining oldi olinishiga va sarf-xarajatlarining tejalishiga sabab bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ma’muriy nazorat ostidagi shaxslarga oid profilaktik chora-tadbirlarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga asosan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun boshqa davlat hududida ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni o‘tagan shaxslarni ma’muriy nazorat o‘rnatiladigan shaxslar toifasiga kiritishga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 apreldagi “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risida”gi O‘RQ-532-son qonunining 6-moddasi birinchi qismi beshinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 5 iyundagi 06/1-10/324-3024-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi qonunchilikdagi mavjud huquqiy bo‘shliqning bartaraf etilishiga hamda ma’muriy nazorat o‘rnatiladigan shaxslar toifasining to‘ldirilishiga xizmat qilgan;
alkogolli ichimliklarni iste’mol qilishni taqiqlashni ma’muriy nazorat o‘rnatish vaqtida belgilanadigan ma’muriy cheklovlar qatoriga kiritishga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 apreldagi “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risida”gi O‘RQ-532-son qonunining 7-moddasi birinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 5 iyundagi 06/1-10/324-3024-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi ma’muriy nazorat ostidagi shaxslarga profilaktik ta’sir ko‘rsatish tizimining roli va ahamiyatini yanada oshirishga hamda qonunchilikda nazarda tutilgan ma’muriy cheklovlar ro‘yxatining to‘ldirilishiga xizmat qilgan;
ma’muriy nazoratning o‘rnatilishini fuqaroning xorijga chiqish huquqini cheklash asoslari qatoriga kiritishga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 3-bobi 39-bandi “b” kichik bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 17 maydagi 22/13209-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi qonunchilikda ma’muriy nazorat ostidagi shaxslar bilan profilaktik chora-tadbirlarni olib borish imkoniyatlarini kafolatlashga xizmat qilgan;
tuman, shahar markazidan 10 km dan uzoq masofada yashayotgan shaxslarni mahalla huquq-tartibot maskanida qayddan o‘tkazish asosida nazorat qilish tartibini joriy etishga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2019 yil 8 avgustdagi 255-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifa shaxslar ustidan ma’muriy nazorat o‘rnatish va amalga oshirish borasida ish hujjatlari va ularni yuritish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaning 6-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 15 maydagi 26/1608-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi ma’muriy nazorat ostidagi shaxslar bilan olib boriladigan yakka tartibdagi profilaktik chora-tadbirlarning samaradorligini oshirishga, ularni nazorat qilishning qulay va maqbul tizimi yaratilishiga, nazorat ostidagi shaxslarning ortiqcha ovoragarchiligi oldi olinishiga hamda yo‘l haqi bilan bog‘liq sarf-xarajatlarining tejalishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish