Sultonov Akmal Obidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Suvdan samarali foydalanishda axborot tizimlarini qo‘llashni takomillashtirish», 08.00.14 – Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari, 08.00.04 –Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti(iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Iqt852.
Ilmiy rahbar: Kenjabaev Aman Turgunovich, iqisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc. 29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: Alimov Raimjon Xakimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xasanov Baxtiyor Urishovich, iqtisodiyot fanlarinomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanishning axborot tizimlarini qo‘llash samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga jalb qilingan suv resurslaridan samarali foydalanishda “tejamkor sug‘orish usullarini tanlash” hamda uning xarajat-daromad ko‘rsatkichlari bo‘yicha samaradorligini ko‘p variantli iqtisodiy mezonlardan foydalanish asosida aniqlashning iqtisodiy-matematik modellari ishlab chiqilgan;
suv iste’molchi xo‘jaliklarida ekinlar turlarini iqtisodiy asoslangan holda tanlashda“turli xil usullarda suv iste’molini samarali miqdorini belgilash” va “hisoblashning maqsadli raqamli texnologiyalari”ni qo‘llash bo‘yicha suvdan samarali foydalanishga qaratilgan hisoblash usullari ishlab chiqilgan;
irrigatsiya tizimi gidrometriya sektori va dispetcherlik bo‘limining ish faoliyati jarayonlariga suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha taklif etilgan mezonlarni qo‘llash asosida “suv resurslari balansini yuritish” va “tezkor rejalashtirish mexanizmlari” takomillashtirilgan;
suv taqchilligi sharoitida suvdan samarali foydalanishning optimal mezonlarini aniqlashga qaratilgan yagona iqtisodiy axborotlar bazasi asosida yaratilgan raqamli texnologiyalar negizida ekin turlarini tanlash usullari hamda suvdan samarali foydalanishning ko‘p mezonli optimal yo‘llari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Suvdan samarali foydalanishda axborot tizimlarini qo‘llashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Suvdan samarali foydalanishda axborot tizimlari va raqamli texnologiyalarni qo‘llash samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida: qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga jalb qilingan suv resurslaridan samarali foydalanishda tejamkor sug‘orish usullarini tanlash hamda uning xarajat-daromad ko‘rsatkichlari bo‘yicha samaradorligini aniqlashning iqtisodiy-matematik modellari Sh.Rashidov tuman irrigatsiya bo‘limiga (TIB) joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 16 noyabrdagi 03/25-4416-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan matematik modeldan foydalanib o‘tkazilgan hisob-kitoblar natijasida an’anaviy sug‘orish usuliga nisbatan tomchilatib sug‘orish usuli 40-60% gacha suvni tejash imkonini berishligi aniqlangan.
Matematik model` blokiga integratsiyalashgan kompyuterli dasturlashning zamonaviy funksional sxemasi ishlab chiqilib, suv iste’molchi xo‘jaliklarining ekinlar turlari kesimida turli xil usullarda suv iste’molini samarali miqdorini belgilash va hisoblashning maqsadli axborot tizimlari Sh.Rashidov tuman irrigatsiya bo‘limiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 16 noyabrdagi 03/25-4416-son ma’lumotnomasi). Natijada Sh.Rashidov TIB 2018 yil sug‘orish davri davomida manbaga nisbatan 1 ga maydonga sarflangan suv miqdori 2500 m3 tejaldi.
Suv resurslari balansini yuritishda irrigatsiya tizim gidrometriya sektori va dispetcherlik bo‘limining ish faoliyati jarayonlariga axborot tizimlarini qo‘llash asosida “suv resurslari balansini yuritish” va “tezkor rejalashtirish mexanizmlari” uchun ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot Zomin irrigatsiya tizimi boshqarmasida (ITB) suv resurslari balansini yuritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil16 noyabrdagi 03/25-4416-son ma’lumotnomasi). Natijada suv resurslari, gidrometriya sektori va dispetcherlik bo‘limining hisob-kitob ishlarini 20% ga qisqartirishga erishilgan.
Suv taqchilligi sharoitida suvdan samarali foydalanish mezonlarini aniqlashga qaratilgan “yagona iqtisodiy axborotlar bazasi” yaratilgan va shu asosida ekin turlarini tanlash usullari hamda suvdan optimal foydalanish yo‘llari Zomin ITBda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil16 noyabrdagi 03/25-4416-son ma’lumotnomasi). Natijada suv resurslari, gidrometriya sektori va dispetcherlik bo‘limining ish unumdorligi 30% ga oshishiga erishilgan.