Yadgarova Shoxsanam Sharfovnaaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Alkogolli kardiomiopatiyadan to‘satdan o‘lim holatlarining sud-tibbiy ekspertizasi» 14.00.24 – Sud tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib978.
Ilmiy rahbar: Ro‘ziev Sherzod Ibadullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Islamov Shavkat Erjigitovich, tibbiyot fanlari doktori; Beknazarov Shokir Yuldashevich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot unversiteti. (Tojikiston Respublikasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Murdalarda alkogol kardiomiopatiyasi va yurakning ishemik kasalligi natijasida to‘satdan o‘lim holatlarida o‘limdan keyingi sud-tibbiy tashhislash mezonlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mamlakatimiz miqiyosida to‘satdan o‘lim yuz berganda sud-tibbiyoti amaliyoti uchun muhim hisoblangan murdadagi mavjud makroskopik va gistologik o‘zgarishlar, shuningdek qonning kimyoviy ko‘rsatkichlariga asoslangan kompleks sud-tibbiy tekshiruvlar o‘tkazish lozimligi isbotlangan;
murdalarda to‘satdan o‘limning kelib chiqish mexanizmida alkogol kardiomiopatiyaning o‘rni va patomorfologik ahamiyati asoslangan;
alkogol kardiomiopatiyasidan to‘satdan o‘lim yuz berganda yurak to‘qimalaridagi patologik o‘zgarishlarning gistologik tahlillariga asoslangan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan;
sud-tibbiyoti amaliyoti uchun alkogol kardiomiopatiyasi va yurakning ishemik kasalligi o‘rtasidagi o‘zaro patomorfologik belgilar farqlangan holda sud-tibbiy tashxislash mezonlari ishlab chiqilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Alkogolli kardiomiopatiyadan to‘satdan o‘lim holatlarini sud-tibbiy baholash mezonlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
alkogolli kardiomiopatiyadan to‘satdan o‘lim holatlarini sud-tibbiy baholash mezonlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «To‘satdan o‘lim holatlarida alkogol kardiomiopatiyalarni ekspert baholashning sud-tibbiy jihatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 sentyabrdagi 8n-r/856-son ma’lumotnomasi). Natijada alkogol kardiomiopatiyasi va yurakning ishemik kasalligiga xos bo‘lgan sud-tibbiy tashhislash sifatini oshirish imkonini bergan;
alkogolli kardiomiopatiyadan to‘satdan o‘lim holatlarini sud-tibbiy baholash mezonlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Smamarqand va Surxondaryo viloyati filliallari amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 dekabrdagi 08-09/21481-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘satdan o‘lim holatlarida alkogol kardiomiopatiyalarni ekspert baholash va uning o‘limdan keyingi tashxisotida foydalanish uchun ishlab chiqilgan mexanizm, taklif etilayotgan kompleks tekshiruvning ekspert xulosalarini ilmiy asoslash hamda sarflanadigan xarajatlarni 10-12 % ga kamaytirish imkonini bergan.