Eshmurzaeva Aida Abdiganievnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda immunogenetik markyorlarni hisobga olgan holda tashhislash va davolashni muqobillashtirish», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Tib460.
Ilmiy rahbar: Karimov Ma’rif Shakirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc 04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Xalmurad Sa’dullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Sobirov Maqsud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aliaxunova Mavjuda Yusupovna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: klinik va asbobiy, immunogenetik tadqiqotlar asosida revmatoid artritni klinik kechishining og‘irligini baholash, uni tashxislash, rivojlanish prognozi hamda davolashda uslubiy yondashuvlarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
revmatoid artrit kasalligi klinik, laborator va asbobiy tekshirish ko‘rsatkichlarining IL17A (rs2275913), IL-17F (rs763780), IL23R (11209026)), MTR (rs1805087) folat sikli, MTRR (rs1801394), MTHFR (rs1801131) va MTHFR (rs1801133) genlari polimorfizmi bilan uzviy bog‘liqligi isbotlangan;
ilk marta o‘rganilgan genlarining allel hamda genotipik variantlarining tarqalish ko‘rsatkichlari revmatoid artrit klinik kechishi va rivojlanishining prognostik mezonlari sifatida diagnostik ahamiyatga ega ekanligi asoslangan;
IL17A (rs2275913), IL-17F (rs763780), IL23R (11209026)) genlarining polimorf variantlarining revmatoid artritning bo‘g‘im shakllini rivojlanishdagi urni asoslangan;
IL-17F (rs763780), MTR (rs1805087), MTRR (rs1801394) genlari polimorf variantlarining RAning bo‘g‘im-visseral shakllini rivojlanish xavfini oshirish ehtimoligi aniqlangan;
birinchi marta revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda metotreksat terapiyasiga torpidlik rivojlanishi IL17A (rs2275913) geni A allel va G/A genotipi, IL23R (11209026) geni G/A genotipini tashuvchilik sonining pasayishi va aksincha, mutant MTR (rs 1805087) geni G/G genotip, MTRR (rs 1801394) genining A/G genotipi, MTHFR (rs1801131) geni A/C genotipi sonining oshishi bilan bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Revmatoid artritning klinik, biokimyoviy va immungenetik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
revmatoid artritda folat metabolizmining genetik belgilarining diagnostik ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Revmatoid artritda folat metabolizmining genetik belgilarining (MTHFR (rs 1801131) va MTHFR (rs1801133)) diagnostik ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-r/883-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma kasallikning immun-genetik xususiyatlariga asoslangan revmatoid artritni davolash samaradorligini asoslash imkonini bergan;
revmatoid artrit klinik kechishining shakllanish xavfi va og‘irligini molekulyar genetik baholash usuli bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Revmatoid artrit klinik kechishining shakllanish xavfi va og‘irligini molekulyar genetik baholash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-r/884 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma Mazkur uslubiy tavsiyanoma revmatoid artrit kechishi va og‘irligini molekulyar genetik baholashni takomillashtirish imkonini yaratgan;
IL17A (rs2275913) I IL-17F (rs763780) yallig‘lanishga qarshi sitokin genlarining polimorfik variantlarini o‘rganishga asoslangan revmatoid artrit rivojlanishini erta prognoz qilish usuli bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “IL17A (rs2275913) va IL-17F (rs763780) yallig‘lanishga qarshi sitokin genlarining polimorfik variantlarini o‘rganishga asoslangan revmatoid artrit rivojlanishini erta prognoz qilish usuli” (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-r/885-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma immunogenetik usullarga asoslangan bo‘lib, og‘ir revmatoid artritning profilaktikasi usullarini aniqlash imkonini bergan;
revmatoid artritning klinik, biokimyoviy va immunogenetik xususiyatlariga oid ilmiy natijalar tibbiyot amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va 3-son shahar klinik shifoxonasi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 noyabrdagi 8 n-z/428-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni amaliyotga tatbiq etish prognozli diagnostika sifatini yaxshilash, revmatoid artrit rivojlanish xavfini, kechishining og‘irligini bashorat qilish, shu bilan davolash samaradorligini oshirish va kasallangan bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.