Shamuratova Nodira Shanazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali gepatitlar dietoterapiyasining ovqat ratsionini mahalliy oq jo‘xori mahsulotlari bilan boyitish samarasi» 14.00.07 – Gigiena va 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib871.
Ilmiy rahbarlar: Duschanov Baxtiyor Allaberganovich, tibbiyot fanlari doktori, professor
Zokirxodjaev Sherzod Yaxyaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, PhD.04/30.09.2020.Tib.122.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzakarimova Malohat Abduvoxidovna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Raximova Dilorom Alimovna, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: «Oq jo‘xoridan surunkali gepatitlar dietoterapiyasi uchun mahalliy parhez taom ishlab chiqish va ovqat ratsionini oqsil, aminokislota va lipotrop moddalar, mineral va vitaminlar bilan boyitishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali gepatit kasalligini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar asosida xavf omillarini baholashning optimal variantini hisobga olgan holda gigienik tavsiyalar ishlab chiqilgan;
surunkali gepatitlar bilan xastalangan bemorlarning kunlik ovqatlanish ratsionining gigienik tahlillari natijasida kunlik ratsion va shifoxona parhez taomining tarkibiy qismidagi o‘zgarishlar ochib berilgan;
oq jo‘xorining oziqaviy va biologik qiymati, tarkibidagi oqsil, aminokislota, karbonsuv, vitamin va minerallarning tarkibiy qismi chetdan keltirilgan marjumak bilan solishtirilgan ijobiy ko‘rsatkichlari asoslangan;
oq jo‘xorining oziqaviy va biologik qiymatini baholash natijasida tarkibidagi almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarning gepatit viruslarining zararli xususiyatlarini pasaytirish va organizmning immun tizimini oshirishga qaratilgan xususiyatlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali gepatitlar dietoterapiyasining ovqat ratsionini mahalliy oq jo‘xori mahsulotlari bilan boyitish samaradorligini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy mahsulotlardan tayyorlangan parhezlarni yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan ««Sorgo»ning oziqaviy va biologik qiymatini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 21 iyundagi 8n-z/200-son ma’lumotnomasi). Natijada surunkali gepatitlarni davolashga qaratilgan oq jo‘xorining oziqaviy va biologik qiymatini baholash imkonini bergan;
surunkali gepatitlarni davolashda bemorlarning kunlik ratsioniga mahalliy don mahsulotlardan tayyorlangan parhezlarni yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan «Surunkali gepatitlarni davolashda mahalliy don mahsulotlari bilan boyitilgan dietoterapiya usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 21 iyundagi 8n-z/200-son ma’lumotnomasi). Natijada surunkali gepatitlarni davolashga qaratilgan oq jo‘xoridan tayyorlangan parhez taomlarning samaradorligini baholash imkonini bergan.
surunkali gepatitlar dietoterapiyasining ovqat ratsionini mahalliy oq jo‘xori mahsulotlari bilan boyitish samaradorligini takomillashtirishni asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Prezident administratsiyasi huzuridagi bosh tibbiyot muassasasining sanitariya-epidemiologiya nazorat bo‘limiga, O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga, Andijon davlat tibbiyot instituti shifoxonasi va Urganch tuman tibbiyot birlashmasi klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 5 yanvardagi 08-09/84-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi sorgodan tayyorlangan parhez taomning oziqaviy va biologik qiymati, surunkali gepatitlarni davolash, jigarning faoliyatini tiklash, tizimli profilaktik va sog‘lomlashtirish tadbirlarini yo‘lga qo‘yish, kasallikni davolash, oldini olish, hamda o‘z vaqtida davolash ko‘nikmalarini hosil qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish