Xasanov Vali Raxmatulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oyoq chuqur venalari o‘tkir trombozli bemorlarda endovaskulyar davolashning roli va o‘rni», 14.00.34 – Yurak va qon-tomir xirurgiyasi bo‘yicha (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib1010.
Ilmiy rahbar: Irnazarov Akmal Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Asamov Ravshan Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Babadjanov Sanjar Abdumuratovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: OT FDBTM Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligining «Janubiy Ural Davlat tibbiyot universiteti».
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy rentgen endovaskulyar aralashuvlarni takomillashtirish va davolash majmuasiga joriy etish orqali oyoq chuqur venalari o‘tkir trombozi bilan og‘rigan bemorlarni davolash va asoratlarni oldini olish natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oyoq chuqur venalari o‘tkir trombozi bo‘lgan bemorlarda muvaffaqiyatli endovaskulyar davolashning ishonchli mezonlari va omillarini aniqlash imkonini beruvchi trombolitik va trombospiratsion terapiyaning noqulay natijalarining eng informativ prediktorlari aniqlangan;
oyoq chuqur venalari o‘tkir trombozi klinik ko‘rinishlarining o‘ziga xos jihatlari aniqlanib, buning asosida davolovchi aralashuvning optimal turini tanlash imkonini beruvchi foydali model ishlab chiqilgan;
oyoq chuqur venalari o‘tkir trombozida retromboz rivojlanish xavfini kamaytirishga, radiatsiya ta’sir qilish vaqtini qisqartirishga va trombolitiklar miqdorini kamaytirishga qaratilgan endovaskulyar tromboaspiratsiya va trombolizis usullari takomillashtirilgan;
trombning distal uchidan trombolitik va tromboaspiratsiya terapiyasini o‘tkazishda differensial yondashuv nafaqat erta davrda nomaqbul asoratlarning chastotasini, balki keyinchalik tromboflebitdan keyingi sindromning rivojlanish xavfini xam kamaytirishga imkon berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oyoq chuqur venalari o‘tkir tromboziga chalingan bemorlarni xirurgik davolashni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
oyoq chuqur venalari o‘tkir trombozi bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan «Oyoq chuqur venalari o‘tkir trombozi bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash va davolash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 dekabrdagi 08-09/21482-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan davolash-taktik algoritm oyoq chuqur venalari o‘tkir trombozi bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash va xirurgik davolash natijalarini yaxshilash imkonini bergan;
olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining va Buxoro ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining xirurgiya bo‘limlariga va Samarqand davlat tibbiyot institutining 1-klinikasiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 dekabrdagi №08-09/21482-son ma’lumotnomasi). Trombolitik, tromboaspiratsion terapiyasini qo‘llanilishi bo‘yicha taklif etilgan tavsiyalar va ishlab chiqilgan tashxisot va davolash algoritmi oyoq chuqur venalari o‘tkir trombozi bo‘lgan bemorlarni olib borishda yanada differensial yondashish va shu bilan uzoq muddatdagi takroriy trombozlar chastotasini 7,6% dan 2,1% gacha kamaytirishga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish