Xayrieva Muxsina Farxodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlardagi kognitiv buzilishlar», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib929.
Ilmiy rahbar: Gafurov Baxtiyar Gafurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02
Rasmiy opponentlar: Maxkamova Nargiza O‘tkirovna tibbiyot fanlari doktori (Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi); Xaydarova Dildora Kadirovna tibbiyot fanlari doktori, dotsent (Toshkent tibbiyot akademiyasi)
Yetakchi tashkilot: Asfendiyarov nomidagi qozoq milliy tibbiyot universiteti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Surunkali yurak etishmovchiligida kognitiv buzilishlarning klinikasi, patogenezining o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish va ularda davo chora-tadbirlarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda kognitiv buzilishning xususiyatlari kasallikning og‘irlik darajasiga bog‘liqligi asoslangan.
kognitiv buzilishning patogenetik mexanizmlari va uning shakllanishida serebral gemodinamikaning arterial va venoz qismi bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan.
Sitioks P va L-lizin essinat bilan neyrometabolik va venotonik terapiya ta’siri ostida surunkali yurak etishmovchiligini davolashda kognitiv buzilishlarning dinamikasi aniqlangangan.
surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda bosh miyada venoz dimlanish belgilarini erta tashxislash mezonlari doplerografik tekshiruv asosida takomillashtirishgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlardagi kognitiv buzilishlar tahlilini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlardagi kognitiv buzilishlarni tekshirish usullarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan «Surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda kognitiv buzilishlarning takomillashtirilgan tekshirish usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 04 apreldagi 8n–r/293-son ma’lumotnomasi). Natijada surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlardagi kognitiv buzilishlarni erta tashhislash, samarali davolash muddatini qisqartirish va kasallik asoratlarini oldini olish imkonini bergan;
surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda depressiv holatlarni aniqlash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan «Surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda xavotir va depressiyaning takomillashtirilgan tekshirish usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 iyuldagi 8n–r/292-son ma’lumotnomasi). Natijada surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlardagi xavotir va depressiyani erta tashhislash, ularni davolash orqali kasallik asoratlarni bartaraf etish va bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlardagi kognitiv buzilishlarni tekshirish va davo chora-tadbirlarini takomillashtirish asosida olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Jondor, Romitan, Buxoro tuman klinik shifoxonalari amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 18 iyundagi 8n–r/136-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda kognitiv buzilishlarni tashhislash, davolash va profilaktika usullarini takomillashtirish orqali davolash davomiyligini qisqartirish, asoratlar sonini kamaytirish imkonini bergan.