Raxmatullaeva Shaxnoza Baxadirovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda OIV-infeksiyasining gematologik jihatlari», 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Tib229.
Ilmiy rahbar: [Daminov Turg‘unpo‘lat Abidovich], tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Tadjiev Botir Mirxashimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Ibadova Gul`nara Alievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Suleymanova Dilora Nagalovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qozon Davlat Tibbiyot Universiteti (Qozon sh., Tatariston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda OIV infeksiyasining gematologik jihatlarini diagnostik va terapevtik chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bolalik davrida OIV infeksiyasida gematologik patologiyaning qayd etish darajasi, tuzilmasi  va infeksiyaning klinik-epidemiologik, immunologik va virusologik qonuniyatlari aniqlangan;
bolalik davrida OIV infeksiyasida gematologik kasalliklarini shakllanishining asosiy xavf omillari asoslangan;
OIV infeksiyasida gematologik buzilishlarning klinik, immunologik, virusologik ko‘rsatkichlarga va asosiy kasallikning og‘irlik darajasiga ta’siri isbotlandi;
kasallikning og‘irligi qo‘shimcha mezoni sifatida va davolash taktikasini tanlashda qon zardobidagi temir, qondagi ferritin darajasini aniqlash maqsadga muvofiqligi isbotlangan;
gematologik kasalliklari mavjud bolalarda antiretrovirus terapiya taktikasini tanlashga bo‘lgan qiyosiy yondashuv asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda OIV-infeksiyasining gematologik jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
kamqonlik aniqlangan OIV-infeksiya  bilan kasallangan bolalarni olib borishda qiyosiy yondashuv maqsadida olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Kamqonlik bor bo‘lgan OIV yuqtirgan bolalarni olib borishda differensial yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanoma  tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 8 noyabrdagi 8n-z/407-son ma’lumotnomasi).  Mazkur uslubiy tavsiyanoma qo‘shimcha mezon sifatida qon zardobidagi temir va ferritinni miqdorini aniqlab, OIV bilan kasallangan bolalarda kamqonlik diagnostikasi, davolash samaradorligi oshirish imkonini bergan;
OIV infeksiyali bolalarga tavsiya etilgan gematologik tekshiruvlar Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 30 apreldagi 277-son «OIV infeksiyasining milliy klinik protokollarini amaliyotga joriy etish to‘g‘risida» gi buyrug‘iga joriy etilgan. Mazkur buyruq OIV infeksiyasida tashhislashni takomillashtirishga va kasallikni og‘ir oqibatlarini kamaytirish imkonini yaratgan;
olingan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi va Respublika OITSga qarshi kurashish markazining Respublika ixtisoslashtirilgan klinikasi davolash jarayoniga amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 19 yanvardagi 08-09/1583-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari bemorlarning hayot sifatini oshirish, nojo‘ya oqibatlarni kamaytirish hamda bemorlarni kasalxona sharoitida davolash xarajatlarini qisqartirish imkonini yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish