Kurbanov Botirjon Jurabaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Koronavirus infeksiyasining (COVID-19) seroepidemiologik tahlillari asosida profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni takomillashtirish», 14.00.30 – Epidemiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Tib495.
Ilmiy maslahatchi: Qosimov Odiljon Shodievich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy - amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Yun Munsu, professor (Janubiy Koreya Respublikasi); Mamatqulov Ibrohim Xomidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ne’matov Aminjon Sabdarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: koronavirus infeksiyasining (COVID-19) seroepidemiologik tahlillari asosida profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
koronavirus infeksiyasida seroepidemiologik tadqiqotlar PZR tekshiruviga qo‘shimcha ravishda hamda emlashga bo‘lgan ko‘rsatmalarni belgilashda asosiy tekshiruv usuli ekanligi isbotlangan;
COVID-19 bilan kasallanib sog‘ayganlarda SARS-COV-2 ga qarshi IgG antitanachasining darajasi 6 oydan keyin yuqori darajada saqlanib qolishi asoslangan;
COVID-19 bilan kasal bo‘lib sog‘ayganlar guruhida emlangandan so‘ng SARS-COV-2 ga qarshi IgG sinfidagi va S-RBD ga qarshi antitanachalar darajasining yuqoriligi hamda dinamikada oshib borishi isbotlangan;
ilk bor SARS-CoV-2 ga qarshi immun javobning shakllanishida IgG antitanachalariga nisbatan S-RBD ga qarshi antitanachalar ahamiyatliroq ekanligi asoslangan.
respublikada koronavirusga qarshi emlashda foydalanilayotgan AstraZeneca, Sputnik V, ZF-UZ-VAC2001, Moderna va Pfizer vaksinalarning qiyosiy samaradorligi hamda geterogen vaksinatsiya usulida emlash yuqori immunogenlikga ega ekanligi asoslangan;
O‘zbekiston aholisini asosiy va buster dozada emlash muddatlari hamda vaksinalarni samarali qo‘llash sxemalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Koronavirus infeksiyasining (COVID-19) seroepidemiologik tahlillari asosida profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
epidemiologik vaziyatni keskinlashuvi davrida ishchi va xodimlarni salomatligini himoya qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida «COVID-19 pandemiyasi davrida cheklash tadbirlarini qo‘llanishi sharoitida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risidagi vaqtinchalik sanitariya qoida, me’yorlari va gigiena normativlari» tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya vrachi tomonidan 2020 yil 7-mayida tasdiqlangan 0372-20-son SanQvaM). Ushbu SanQvaM COVID-19 infeksiyasining tarqalishi bo‘yicha epidemiologik vaziyatni keskinlashuvi davrida ishchi va xodimlarni salomatligini himoya qilish uchun maqbul mehnat sharoitini va mehnat jarayonini tashkil etish, favqulodda vaziyatda epidemiologik barqarorlikni ta’minlash imkonini bergan;
koronavirus infeksiyasining og‘irlik darajasiga muvofiq bemorlarni taqsimlash, kasalxonadan chiqarish va tuzalish mezonlari COVID-19ga qarshi emlash tartibi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida «COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash bo‘yicha vaqtinchalik tavsiyalar» (8 versiya) Sog‘liqni saqlash vazirining 82-sonli buyrug‘i tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirining 2021 yil 21-apreldagi 82-sonli buyrug‘i). Ushbu buyruq COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni kasallikning kechishiga ko‘ra, taqsimlash, shifoxonadan chiqarish va ilk bora COVID-19 ga qarshi emlash tartibini belgilash imkonini bergan;
seroprevalentlikni baholash, antitanachalarning saqlanish muddatini dinamikada aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «COVID-19 ning profilaktikasi va epidemiologik nazorati tizimida seroepidemiologik tekshirishlarning ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 7 oktyabrdagi 8n-m/862-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma immunitet holatiga bog‘liq ravishda populyasiyada seroprevalentlikni baholash, IgM va IgG antitanachalarning saqlanish muddatini dinamikada o‘rganish, infeksiyani qayta yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan guruhlarni ajratish hamda birinchi navbatda emlash zarur bo‘lgan kontingentlarni aniqlash imkonini yaratadi;
AstraZeneca, Sputnik V, ZF-UZ-VAC2001 vaksinalarining immunologik va epidemiologik samaradorligini baholash natijalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Pandemiya sharoitida COVID-19 ga shoshilinch vaksinaprofilaktika va epidemiologik nazorat tizimida seroepidemiologik tekshiruv (emlashgacha va emlashdan keyin SARS COV-2 ga qarshi antitanachalarning dinamikasi)» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 7 oktyabrdagi 8n-m/863-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma epidemiologik nazorat bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish, rejali/shoshilinch emlash, COVID-19 infeksiyasida epidemiyaga qarshi va profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini bergan;
koronavirus infeksiyasining (COVID-19) seroepidemiologik tahlillari asosida profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Sanitariya -epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Jizzax va Namangan viloyatlari boshqarmalari faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 20 oktyabrdagi 08-09/15216-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi COVID-19 ga qarshi emlash tartibini belgilash hamda seroepidemiologik tahlillar asosida profilaktik tadbirlarni takomillashtirish imkonini bergan.