Iskandarov Aziz Baxromovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ipakchilikda va ipakka ishlov berish sanoatida mehnat gigienasi, ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklar rivojlanish xatarining prognozi va profilaktikasi» 14.00.07 - Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Tib417.
Ilmiy rahbarlar: Adilov Utkir Xalilovich, tibbiyot fanlari doktori
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sanitariya gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Ermatov Nizom Jumakulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Usmanov Islam Abbasovich, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Tuxtarov Baxrom Eshnazarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qozon davlat tibbiyot universiteti (Rossiya)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kasbiy tahlika darajasini va ayollar organizmining funksional holati dinamikasini baholash asosida respub-likamizdagi zamonaviy grenaj, ipak yigirish va ipak to‘qish ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarish omillarining nojo‘ya ta’sirini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor zamonaviy grenaj, ipak yigirish va ipak to‘qish sanoatining zararli ishlab chiqarish omillari darajasi aniqlangan, salomatlik buzilishining kasbiy xavfini baholash va bashoratlash bilan asosiy kasbiy guruhlar ishchilarining mehnat sharoitlarini zararlilik va xavflilik darajasi bo‘yicha tasniflangan;
zamonaviy grenaj, ipak yigirish va ipak to‘qish ishlab chiqarish korxonalarida yuqori darajadagi shovqin, ishchi hudud havosida papil`onaj va ipak changini mavjudligi, noqulay mikroiqlim, mehnat jarayonining og‘irligi va zo‘riqishini taqozo etuvchi noqulay mehnat sharoitining shakllanishi isbotlangan;
zamonaviy grenaj, ipak yigirish va ipak to‘qish ishlab chiqarish korxonalaridagi mehnat sharoiti va mehnat jarayoni tavsifi ishlovchi ayollarda kasbiy kasalliklarning rivojlanishi tahlikasiga sabab bo‘lishi hamda sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va joriy qilishni zarur ekanligi asoslangan;
zamonaviy grenaj, ipak yigirish va ipak to‘qish ishlab chiqarish korxonalaridagi noqulay ishlab chiqarish omillari ayollarning ishlash qobiliyati pasayishi va ularning ruhiy-hissiy holati yomonlashishiga sabab bo‘lishi isbotlangan hamda ayollarning mehnat qilish va dam olish tartibini oqilona tashkil qilishning gigienik va profilaktik tadbirlarining mexanizmi ishlab chiqilgan;
zamonaviy grenaj, ipak yigirish va ipak to‘qish ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarish operatsiyalarining bajarilishi ayollar organizmidagi turli tizimlarning funksional holati ko‘rsatkichlarida nojo‘ya siljishlarni keltirib chiqarishi, ushbu siljishlar yilning issiq davrida kuchayishi va ayrim ko‘rsatkichlar bo‘yicha yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan darajadan ortib ketishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ipakchilikda va ipakka ishlov berish sanoatida mehnat gigienasi, ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklar rivojlanish xatarning prognozi va profilaktikasini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ipakchilikda va ipakka ishlov berish sanoatida mehnat gigienasi, ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklar rivojlanish xatarning bashorati va profilaktikasini amalga oshirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Shoyi to‘qish ishlab chiqarish korxonalarda ishlayotgan ayollarni mehnat sharoitini sog‘lomlashttirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 9 dekabrdagi 8n-z/536-son ma’lumotnomasi). Natijada shoyi to‘qish ishlab chiqarish korxonalarda ishlayotgan ayollarni mehnat sharoitini sog‘lomlashtirish, shoyi changi va bo‘yoqlarning zararli ta’sirini oldini olish va ayollarning yuqori ishlash qobiliyati va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
ipakchilikda va ipakka ishlov berish sanoatida mehnat gigienasi, ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklarni rivojlanishini oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Ipak yigirish ishlab chiqarish korxonalarida ishlayotgan ayollarning mehnat sharoitini sog‘lomlashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 9 dekabrdagi 8n-z/536-son ma’lumotnomasi). Natijada ipak yigirish ishlab chiqarish korxonalarida ishlayotgan ayollarning mehnat sharoitini sog‘lomlashtirish, mikroiiqlim ko‘rsatkichlarning salbiy holatini oldini olish, ishchilarning funksional holatini yaxshilash imkonini bergan;
ipakchilikda va ipakka ishlov berish sanoatida mehnat gigienasi, ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklar rivojlanish xatarning prognozi va profilaktikasi bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Grenaj ishlab chiqarish korxonalarida ishlayotgan ayollarning mehnat sharoitini maqbullashtirish yo‘llari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 9 dekabrdagi 8n-z/536-son ma’lumotnomasi). Natijada grenaj ishlab chiqarish korxonalarida ishlayotgan ayollarning mehnat sharoitini maqbullashtirish yo‘llarni ishlab chiqish va ular orasida kasbiy kasalliklarni oldini olish imkonini bergan;
ipakchilikda va ipakka ishlov berish sanoatida mehnat gigienasi, ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklar rivojlanish xatarning prognozi va profilaktikasi bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, uning Toshkent shahar va Navoiy viloyati bo‘limlarining amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 dekabrdagi 08-09/21256-son ma’lumotnomasi). Natijada ipakchilik ishlab chiqarishda ishlovchi ayollarning mehnat sharoitini sog‘lomlashtirish, zararli ishlab chiqarish omillari darajasini pasaytirish, organizmdagi turli funksional tizimlar ko‘rsatkichlarining barqarorlashuvi, yuqori mehnat qobiliyati darajasini saqlab qolish va mehnat jarayonlarining toliqtiruvchanligining pasayishiga olib kelgan gigienik chora–tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan.