Inoyatova Sitora Oybekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uch shoxli nerv nevralgiyasining klinik-nevrologik va serebral-gemodinamik xususiyatlari», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1541.
Ilmiy rahbar: Madjidova Yaqutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Gafurov Baxtiyar Gafurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Dushanova Gulsum Abdraxmanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aniqlangan bosh miya braxiotsefal qon tomirlarining gemodinamikasi ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, shkala va so‘rovnoma ma’lumotlari bo‘yicha uch shoxli nerv nevralgiyasi klinik kechishining nevrologik va klinik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uch shoxli nerv nevralgiyasi bor bemorlarda ipsilateral tashqi uyqu arteriyasi xavzasida qon oqimining gemodinamik parametrlariga bog‘liq holda og‘rik sindromining klinik manifestatsiyasi aniqlangan;
uch shoxli nerv nevralgiyasining klinik-nevrologik ko‘rinishida serebral-gemodinamik buzilishlar, tashqi uyqu arteriyasining ipsilateral stenozi va nerv tolalari demielinizatsiyasi darajasi orasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
uch shoxli nerv nevralgiyasining surunkali shaklini individual prognozlash matrisasi asosida kasallikni erta aniqlash, uch shoxli nerv nevralgiyasining takrorlanish sonini kamayishiga olib kelishi asoslangan;
uch shoxli nerv nevralgiyasi xronizatsiyasi rivojlanishini indivudual prognozlash yo‘li bilan davolash profilaktika va reabilitatsion chora-tadbirlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Uch shoxli nerv nevralgiyasi mavjud bemorlarni tashxislash, prognozlash usulini va parvarishlashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uch shoxli nerv nevralgiyasining terapiya samaradorligini oshirish, residivlar chastotasini kamaytirish va bemorlaning hayot sifatini yaxshilash ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Uch shoxli nerv nevralgiyasida surunkali jarayon rivojlanishini prognozlash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 16 iyuldagi 8n-z/232-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ma’lumotlarini o‘rganishda umumiy amaliyot shifokorlarining patogenetik yo‘naltirilgan tashxislashlarini mukamallashtirish imkonini bergan;
uch shoxli nerv nevralgiyasining serebral-gemodinamik xususiyatlarini va surunkali jarayonning rivojlanishini oldini olishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Miya gemodinamik xususiyatlarini hisobga olgan holda uch shoxli nerv nervralgiyasini tashxislash algoritmi” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 16 iyuldagi 8n-z/232-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma taklif etilgan tashxislash algoritmi patologik jarayon nuqtasini, patologiya rivojlanish mexanizmlarini aniqlashga va ushbu bemorlarni konservativ hamda jarrohlik yo‘li bilan davolash taktikasi strategiyasini taklif qilish imkonini bergan;
uch shoxli nerv nevralgiyasi bilan og‘rigan bemorlarda tashxislash, prognozlash va parvarishlashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasiga, «Neyromedservis» MChJ klinikasiga, Toshkent shahridagi 5-sonli shahar klinik kasalxonasiga, Samarqand davlat tibbiyot institutining 1-klinikasiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 21 dekabrdagi 08-09/20111-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari uch shoxli nerv nevralgiyasi bilan og‘rigan bemorlarga o‘z vaqtida adekvat muolajani tayinlash, qaytalanishlar chastotasini pasaytirish hamda bemor hayoti sifatini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish