Gamidov Semur Shukur o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy engil avtomobillar harakatlanishida piyodalar bilan to‘qnashuvda etkazilgan jarohatlanishlarning sud-tibbiy tavsifi » 14.00.24 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1570.
Ilmiy rahbar: Indiaminov Sayit, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Iskandarov Alisher Iskandarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Akbergenova Kamila Abdikirimovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Uzoq sharqiy davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan engil rusumli zamonaviy avtomobillar bilan to‘qnashuvda jabrlangan piyoda shaxslardagi jarohatlanishlarni sud-tibbiy tashxislashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy engil rusumli avtomobillar bilan to‘qnashuvda avtohalokatning 1-chi fazasida aksariyat hollarda piyodalarda ikkala boldir yoki bitta son va bitta boldir suyaklarida diafizar qo‘shaloq sinishlar shakllanishi isbotlangan;
harakatdagi zamonaviy engil avtomobillarning piyodalar bilan to‘qnashuvida jaroxatlanishning 1-chi fazasida terida maxsus turdagi kontaktli jaroxatlar yuzaga kelishi ehtimoli kamligi aniqlangan;
eski rusumli engil avtomobillarning piyodalar bilan to‘qnashuvidagi birlamchi zarba sohalarida yumshoq to‘qimalar jarohatlanishlar, zamonaviy engil avtomobillar bilan to‘qnashuvidagi jarohatlanishlarga nisbatan ezilishlar va qon quyilishlar sezilarli darajada namoyon bo‘lishi asoslangan;
piyodalarning zamonaviy engil rusumli avtomobillar bilan to‘qnashuvi 3-chi fazasida tananing sezilarli masofaga otilishi hamda tananing kuchli silkinishi natijasida ko‘krak va qorin bo‘shlig‘i hamda bosh old-yonbosh va yuz soxa tuzilmalarida jarohatlar jiddiy va ko‘lamli bo‘lishi aniqlangan;
piyodalarni Kobal`t, Lacetti, Malibu rusumli avtomobillar bilan to‘qnashuvining 2-chi fazasida umurtqa pog‘onasining egilishi va qayrilishi bilan cheklanishi, Matiz va Spark rusumli avtomobillar bilan to‘qnashuvining 2-chi fazasida ensa-bo‘yin sohalarda jiddiy jarohatlanishlar shakllanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Engil rusumli zamonaviy avtomobillar bilan to‘qnashuvda jabrlangan piyoda shaxslardagi jarohatlanishlarni sud-tibbiy tashxislashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
piyodalarning tanasida aniqlangan jarohatlar jixatlari bemorlarga shoshilinch va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishning samarali usullarini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Avtomobil travmasi natijasida piyodalarda qo‘l-oyoq suyaklari sinishini sud-tibbiy baholash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 5 apreldagi 8n-r/280-son ma’lumotnomasi). Natijada marhumlar jasadlari tibbiy ekspertizadan o‘tkazish sifati oshirish va yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq sud-tibbiy masalalarni ishonchli tarzda hal etish imkonini bergan;
engil rusumli zamonaviy avtomobillar bilan to‘qnashuvda jabrlangan piyoda shaxslardagi jarohatlanishlarni sud-tibbiy tashxislashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga jumladan, Respublikasi sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Andijon, Navoyi, Toshkent va Farg‘ona viloyat filiallari morfologiya va ambulatoriya bo‘limlari ekspertiza amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 28 dekabrdagi 08-09/21175-son ma’lumotnomasi). Natijada tashxislash vaqtini qisqartirish, iqtisodiy xarajatlarini kamaytirish va sud-tibbiy tadqiqotlar sifatini oshirish imkonini bergan.