Amonov Baxrom Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Miastenik sindromli timoma bilan og‘rigan bemorlarni kompleks jarrohlik davolash va perioperativ olib borishni takomillashtirish », 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib510.
Ilmiy rahbar: Xudaybergenov Shuxrat Nurmatovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasanomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Dsc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Berkinov Ulugbek Bazarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yusupbekov Abrorbek Axmadjonovich,tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Krasnodar o‘lkasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Professor. S.V. Ochapovskiy nomidagi 1-son o‘lka klinik shifoxonasi - ilmiy tadqiqot instituti” DSSBM (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: miastenik sindromli timoma bilan og‘rigan bemorlarni xirurgik davolash natijalarini timektomiyaning taktik-texnik jihatlarini takomillashtirish orqali yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
miastenik sindromning rivojlanishi, bu og‘ir inqirozli kechish va dekompensatsiyaning tez rivojlanishi bilan kechuvchi patologik jarayonning rivojlanishi uchun xavf omillarini etarlicha baholamaslik ehtimolini yuzaga keltiradigan hamda prognostik omon qolish ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada kamaytiradigan timomaning ilk klinik belgisi bo‘lishi mumkinligi aniqlangan;
timomani o‘z vaqtida tekshirish va faol xirurgik taktika inqirozli kechish rivojlanishi va miastenik sindromning og‘ir turlari shakllanishi xavfini kamaytirishga yordam berishi aniqlangan;
miastenik inqiroz bo‘lgan bemorlarda tashrixdan oldingi va keyingi davrda plazmaferez o‘tkazish yallig‘lanish sitokinlari ajralishini pasayishiga, tizimli yallig‘lanishni xamda harakat funksiyalari yaxshilangan xolda xolinoreseptorlarga antitanachalar konsentratsiyasini kamayishiga olib kelishi, poliorgan disfunksiya sindromini bartaraf etishi aniqlangan;
multislays kompyuter tomografiyasi o‘simta o‘lchamlarini, o‘rta chiziqqa nisbatan o‘sish xususiyatini, atrofdagi a’zolar va to‘qimalarga invaziya mavjudligi yoki yo‘qligini, shuningdek, invaziv o‘sish darajasini to‘g‘ri aniqlash imkonini beruvchi eng informativ tadqiqot usuli ekanligi isbotlangan;
timektomiyada optimal xirurgik kirish yo‘lini tanlashga differensial yondashuv imkoniyatiga ta’sir qiluvchi o‘simtaning joylashuvi, o‘lchamlari va o‘sish xususiyatini hisobga olgan holda patologik jarayonning rivojlanish darajasini baholashning topografik mezonlariga aniqlik kiritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Miastenik sindromli timoma bilan og‘rigan bemorlarni kompleks xirurgik davolash va perioperativ olib borishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Miastenik sindromli timomani davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan «Miastenik sindromli timomani tashxislash va davolash tamoyillari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 20 dekabrdagi №08-09/20112-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan davolash-taktik algoritm timoma va miastenik sindromli bemorlarni tashxisoti va xirurgik davolash natijalarini yaxshilashga imkon bergan;
miastenik sindromli timoma bilan og‘rigan bemorlarni xirurgik davolashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, jumladan, “Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” DM o‘pka va ko‘ks oralig‘i xirurgiyasi bo‘limiga, Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi xirurgiya bo‘limiga va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filialiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 20 dekabrdagi №08-09/20112-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini joriy etish timomaning joylashishiga va miasteniya og‘irlik darajasiga qarab differensial yondashuv va xirurgik usulni tanlashning taktik va texnik jihatlarini standartlashtirishga, bu esa tashrixdan keyingi asoratlarni 22,3% dan 6% gacha pasaytirishga, xirurgik davolash samaradorligini oshirishga va bemorlarning shifoxonada yotish muddatini qisqartirishga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish