Abduvalieva Chulpanoy Muxammadjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Bolalarda oshqozon va qizilungach varikoz kengaygan venalardan qon ketishining tashxislash va davolash taktikasini takomillashtirish» 14.00.40 – Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1317.
Ilmiy raxbar: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Kamal Saidakbarovich tibbiyot fanlari doktori; Allaberganov Odilbek Tadjidinovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: portal gipertenziya sindromi aniqlangan bolalarda qizilo‘ngach va oshqozonning varikoz kengaygan venalaridan qon ketishini davolashning natijalarini endoskopik va xirurgik uslublarni qo‘llashni kengaytirish va takomillashtirish orqali yaxshilash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aynan bolalar portal gipertenziyasida gastroezofageal qon ketishlarining oldini olish va davolash natijalarini yaxshilash borasidagi klinik va morfologik muammolar batafsil yoritilgan va ularni hal qilish yo‘llari aniqlangan;
bolalarda oshqozon va qizilo‘ngachning varikoz kengaygan venalaridan qon ketishlar xavfini klinik amaliyotda baholashning ob’ektiv mezonlari ishlab chiqilgan va ularning samaradorligi asoslangan;
doppler floumetriya yordamida oshqazon shilliq qavati mikrotsirkulyasiyasining buzilishlarini o‘rganish asosida oshqozon va qizilo‘ngach varikoz venalaridan qon ketishining qo‘shimcha xavf omillari aniqlangan;
bolalarda portal gipertenziyasida gastroezofageal qon ketishlarini davolash taktikasini belgilashga bemorning yoshini, kasallik darajasini va qonash izchilligini inobatga oluvchi differesial yondashuv taklif qilingan va uning samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qizilo‘ngach va oshqozon varikoz kengaygan venalaridan qon ketgan bolalarda tashxislash va davolash taktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bolalarda gastroezofageal qon ketish bilan asoratlangan PG da davolash taktikasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bolalarda portal gipertenziya okibatida oshkozon va kizilungach varikoz kengaygan vena kon tomirlaridan kon ketishda tashxislash va davolash taktikasi» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 10 iyuldagi 8n-r/630-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalar portal gipertenziyasida tashxislash va davolash samaradorligni oshirish imkonini bergan;
bolalarda oshqozon  va qizilungach  varikoz kengaygan venalardan qon ketishining  diagnostikasi va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8 n-z/359-son xulosasi). Tadqiqot natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi portal gipertenziya bo‘lgan bolalarda qizilo‘ngach va oshqozonning varikoz kengaygan venalaridan qon ketishini to‘xtatish hamda oldini olish bo‘yicha jarrohlik taktikalarini ishlab chiqish va klinik-funksional baholash orqali yaxshilash, davolanish muddatlarini qisqartirish bilan birgalikda hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish