Turaev Nosirjon Sobirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Anor tuplarini yarim ochadigan mashina parametrlarini asoslash», 05.07.01 – «Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1997.
Ilmiy rahbar: Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlar: Tojiev Rasuljon Jumaboevich, texnika fanlari doktori, professor; Nasritdinov Axmadjon Abdixamidovich, texnika fanlari nomizodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi anor tuplarini yarim ochadigan mashinaning agrotexnika talablari darajasidagi ish sifatini kam energiya sarflagan holda ta’minlaydigan parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘milgan anor tuplarini agrotexnik talablar asosida, ularga shikast etkazmasdan yarim ochadigan mashinaning konstruksiyasi ishlab chiqilgan va texnologik ish jarayoni asoslangan;
anor tuplarini yarim ochadigan mashina korpuslari lemexlarining uzunliklari va tuproqqa kirish burchaklarini aniqlash imkonini beradigan analitik ifodalar ishqalanish burchaklarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
mashinaning ish jarayonini ochib berilishi natijasida umumiy tortishga qarshilikni ifodalovchi matematik model korpus lemehining tuproqqa kirish burchagi va harakat tezligini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan hamda uning o‘zgarish chegaralari aniqlangan;
anor tuplarini yarim ochadigan mashina korpuslari, lemexlari orasidagi ko‘ndalang masofa, lemehlarning tuproqqa kirish burchagi va ish tezliklarining ratsional qiymatlarini aniqlashni imkonini beradigan empirik formula regresson tahlil asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.