Tulaganova Moxinur Voxid qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):  “Siro” ip buramlarining o‘zgarmasligini ta’minlovchi texnologik parametrlarni ishlab chiqish” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/1180
Ilmiy rahbar: Murodov Toxir Baxromovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Muqimov Mirabzal Mirayubovich, texnika fanlari doktori, professor; Yo‘ldoshev Jamshid Qambaralievich texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi halqali yigirish mashinalarining texnologik imkoniyatlaridan kelib chiqib, o‘rta tolali paxtadan “Siro” usulida ip olishda buramlarning o‘zgarmasligini ta’minlovchi optimal parametrlari hisobiga sifatli raqobatbardosh ip ishlab chiqarishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘rta tolali paxta tolasidan “Siro” ip olish uchun halqali yigirish mashinasi pilik zichlagichlari tuzilishi juft, ichki qismi riflyalar bilan takomillashtirilgan;
“Siro” ipi yigirishda pilik zichlagich tirqishlari oraliq masofasining  pishitish uchburchagiga ta’siri darajasi aniqlangan;
halqali yigirish mashinasida pishitish uchburchagi shaklining o‘zgarishi bog‘lanishlari “Siro” ipi uchun ilk bor ishlab chiqilgan va buramlar doimiyligiga erishish shartlari nazariy aniqlangan; 
“Siro” ipining fizik-mexanik xossa ko‘rsatkichlariga ta’sir etadigan pilik zichlagich tirqishlari oraliq masofasining solishtirma uzish kuchi, buramlar va kesimlar bo‘yicha variatsiya koeffisentining ratsional parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘rta tolali paxtadan “Siro” ip olish texnologiyasini tadqiq etish jarayonida olingan natijalar asosida:
halqali yigirish mashinasida cho‘zish juftligidan oldin o‘rnatilgan pilik zichlagichga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti (“Pilik zichlagich”, № FAP 01623) olingan. Natijada o‘rta tolali paxta tolasidan “Siro” ip ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan;
taklif etilgan o‘rta tolali paxta tolasi uchun “Siro” ip ishlab chiqarish texnologiyasi “O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufidagi korxonalarida, xususan OSBORN TEXTILE” XK MChJ, “XORAZM TEX” MChJ, “Boston Mega Tekstil” MChJlarda joriy etilgan (“O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasining 2021 yil 8 iyuldagi 03/14-2083-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida “Siro” ip ishlab chiqarish jarayonining qisqarishi, iplarning uzilishlar sonini 20,76% ga kamayishi va ip  chiqish miqdorining 1,42 % ortishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish