Karabaeva Munira Usmanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Metropolitenning aylana kesimli tonnellarida poezd harakatidan hosil bo‘lgan to‘lqinlarning bir jinsli bo‘lmagan elastik muhitda tarqalishi», 05.09.02 – «Asoslar, poydevorlar va er osti inshootlari. Ko‘priklar va transport tonnellari. Yo‘llar, metropolitenlar» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T2006.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Sharafitdin Sayfitdinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlar: Djabbarov Saidburxon Tulaganovich, texnika fanlari doktori, professor; Toshxo‘jaev Alisher Ulxo‘jaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi metropoliten poezdlari harakatidan er sathida hosil bo‘ladigan vibratsiyalarni kamaytirishga qaratilgan usullarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bir jinsli bo‘lmagan muhitda joylashgan aylana kesimli metropoliten tonnellarida hosil bo‘ladigan vibratsiyaning tarqalish darajasiga gruntning mexanik-fizik xossalari, tonnelning joylashish parametrlari ta’sirini hisoblashning matematik modelini chekli elementlar usuli yordamida ishlab chiqilgan;
masalani cheksiz sohadan ajratib olingan chekli sohada chekli elementlar usuli bilan echish uchun qo‘yiladigan o‘tkazuvchi chegaraviy shartlar koeffisientlari soha materialiga bog‘liq ekanligini hisoblash metodi ishlab chiqilgan;
tonneldan ixtiyoriy uzoqlikda joylashgan grunt nuqtalarida hosil bo‘ladigan vibratsiya darajasini aniq va tez baholay olish imkonini beruvchi dastur yaratilgan;
metropoliten tonnellaridan tarqaluvchi vibratsiya darajasini pasaytirish uchun transheyaning samaradorligi uning geometrik parametrlari, ya’ni chuqurligi, kengli hamda yon devorlari turli burchak ostida bo‘lgan ochiq transheyalar (450 va 600) yon devorlari vertikal bo‘lgan, ya’ni 900 bo‘lgan vibroto‘siqlarga nisbatan samaradorligi yuqori ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Metropolitenning aylana kesimli tonnellarida poezd harakatidan hosil bo‘lgan to‘lqinlarning bir jinsli bo‘lmagan elastik muhitda tarqalishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aylana kesimli tonnellarda poezd harakatida hosil bo‘ladigan vibratsiya darajasii aniqlash va grunt qatlamlarini hisobga olish imkonini beradigan, takomillashtirilgan hisoblash metodikasi «Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli» AJda qurilish ob’ektini loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Transport vazirligining 2021 yil 17 iyuldagi 4/4669-5682-son ma’lumotnomasi). Natijada, yon devorlari turli burchak ostida bo‘lgan ochiq transheyalar (450 va 600) yon devorlari vertikal, ya’ni 900 bo‘lgan vibroto‘siqlarga nisbatan 29%-67% samaradorligi yuqori bo‘lishiga erishilgan;
metropoliten tonnellarida poezd harakatidan hosil bo‘ladigan tebranishlarni gruntda tarqalishini aniqlash metodikasi Toshkent «Boshtransloyiha» AJ korxonasida «Toshkent metropoliteni Sergeli yo‘nalishi» qurilish ob’ektini loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Transport vazirligining 2021 yil 17 iyuldagi 4/4669-5682-son ma’lumotnomasi). Natijada, to‘g‘ri to‘rtburchak kesimli tonnellarda poezdlar harakatidan hosil bo‘lgan vibratsiya darajasi tebranish chastotasiga bog‘liq ravishda aylana kesimli tonnellarga nisbatan 30% dan 110% gacha kam bo‘lishiga erishilgan.