Kasimov Abdugappar Kaxarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Izotrop muhitlarda lazer nuri tarqalishi”, 01.04.05 – Optika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/FM76.
Ilmiy maslahatchi: Baxramov Sagdilla Abdullaevich, fizika-matematika fanlari doktori, akademi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Uzbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, DSc.02/30.12.2019.FM.65.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmatullaev Ilyos Arzimurodovich, fizika-matimatika fanlari doktori: Semenov Denis Ivanovich, fizika-matimatika fanlari doktori; Boltaev Ganjabay Sapaevich, fizika-matimatika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Tashkent davlat texnik universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tasodifiy jarayonlarni o‘rganishda qo‘llaniladigan, natijalarni qayta ishlashning statistik usullaridan foydalangan holda turbulent atmosferada yuqori quvvatli ul`traqisqa lazer impul`slarining tarqalish jarayonini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
filamentning hosil bo‘lish va tarqalish holatiga mos keladigan silindrik simmetrik muhitda nurlar traektoriyalarining o‘zgarishini tavsiflovchi rekurent ifoda olindi;
turbulent atmosferada va aerozollarni o‘z ichiga olgan atmosferada nurlanishning tarqalishini modellashtirish uchun tasodifiy linzalar modelidan foydalanish imkoniyati ko‘rsatildi, bu filamentning o‘rtacha uzunligini aniqlashda fluktuatsiyalarni kamaytirish imkonini berishi aniqlandi.
atmosfera aerozolining ul`traqisqa impul`slarning tarqalishiga va atmosferada filament hosil bo‘lishiga ta’siri tadqiq etildi va lazer nurlanishi impulslarining tarqalishiga aerozolning ta’siri a’rozol o‘lchamlariga bog‘likligi aniqlandi;
nurning elliptiklik darajasi ul`traqisqa lazer impul`sining tarqalishiga va o‘z-o‘zini fokuslashga, kritik quvvatdan o‘nlab marta katta quvvatga ega bo‘lgan impul`slarda tadqiq etildi, va dasta elliptiklik darajasini o‘zgartirib, nochiziqli fokus masofasini uzunligini va filament uzunligi boshqarish mumkinligi aniqlandi;
atmosferada ul`tra qisqa impulslarning tarqalishida nurlanishning yutilishi tufayli muhitning sindirish ko‘rsatkichi o‘zgarishi tadqiq qilindi va yutilish natijasida atmosferada nurtola xosil bo‘lishi va u impul`s bilan birgalikda shamol ta’sirida siljishi mumkinligi aniqlandi;
Gauss taqsimotiga bo‘y sinmaydigan maydon uchun fotosanoqlarning nisbiy dispersiyasi saralash vaqtiga bog‘liqligi tadqiq qilindi. Integral intensivlikni taqsimoti saralash vaqtiga bog‘liq emasligi aniqlandi. Saralash vaqtiga taqsimot parametri bog‘likligi aniqlandi;
intensivlik taqsimotini fotosanoqlarning bitta korrelyasiya funksiyasini o‘lchash orqali, turbulent atmosferada tarqalgan lazer nurlanishi fotosanoqlarining statistik xarakteristikalarini, saralash vaqtining keng diapazonida aniqlash mumkinligi ko‘rsatildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
fotosanoqlar korrelyasion funksiyasidan fotosanoklar taqsimot zichligi funksiyasini tiklash metodikasi O‘zbekiston Milliy universiteti “Optika va lazer fizikasi” kafedrasida Davlat amaliy - tadqiqot dasturlari doirasida 2009 – 2011 yillarda bajarilgan № ITD 15-020 “Sochuvchi muhitlar diagnostikasi uchun lazerli foton-korrelyasion spektrometrni ishlab chiqish” nomli amaliy tadqiqot loyixasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universiteti 2021 yil 24 noyabr` sanasidagi № 01/11-7609 rakamli malumotnomasi). Ushbu natijalardan foydalanish fotosanoklar taqsimot zichligi funksiyasini fotosanoqlar korrelyasion funksiyasidan dissertatsiyada keltirilgan munosabat yordamida aniqlash va shu orqali ishlab chiqilgan qurilmaning samaradorligini oshirish imkonini bergan;
atmosferada ul`traqisqa lazer impul`slarining tarqalishida sodir bo‘ladigan o‘z – o‘zini fokuslash jarayonini xaqidagi ma’lumotlar, Toshkent davlat texnik universiteti “Umumiy fizika” kafedrasida Davlat fundamental – tadqiqot dasturlari doirasida (2012–2016) yillarda bajarilgan № F2-49 “Fazoviy modulyasiyaga ega kvadratik va kubik nochizikli singdiruvchanlikli muxitlarda ul`traqisqa lazer impul`slarini muxit bilan kvazisinxron ta’sirlashuvi” nomli fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat texnik universiteti 2021 yil 22 noyabr sanasidagi № 01/9-14-3302 rakamli malu`otnomasi). Ushbu natijalardan foydalanish inert gazlarda ul`traqisqa lazer impul`slari tarqalishida filamentatsiya xodisasini oldini olish va inert gazlarda ikkinchi va uchinchi garmonikalar generatsiyalash jarayoniga ta’sir etuvchi omillarni kamaytirish imkonini bergan;
shaffof muxitlarda ul`traqisqa lazer impul`slarini tarqalishini ifodalofchi rekurent munosabatdan foydalanib O‘z FA Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida, Davlat fundamental – tadqiqot dasturlari doirasida (2017-2020) yillarda bajarilgan OT-F2-49 «Yuqori quvvatli subpetavatt femtosekundli lazer nurlanishini xosil qilish va uning moddalar bilan o‘zaro ta’sirini va kuchaytirish usullarini tadqiq qilish va yaratish» nomli fundamental tadqiqot loyixasida foydalanilgan. Ilmiy natijadan foydalanish optik kuchaytirgich va nochizikli kristalda ul`traqisqa, katta kuvvatli lazer impul`slari tarqalishida filamentatsiya xodisasini oldini olish va filamentatsiya tufayli qurilmalarni buzilishga olib keluvchi omillarni yo‘qotish imkonini bergan.