Jo‘raev Yo‘lchi Toshmamadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nafionning istisno sohasining tarkibi va xususiyatlari; cheklangan hajmda shishishi va mikroreologik effektlari», 01.04.05 – Optika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/FM522
Ilmiy rahbarlar: Bunkin Nikolay Fedorovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor,
Sabirov Leonard Muxammedjanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.FM.02.04
Rasmiy opponentlar: Qodirov Mo‘min Qodirovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Raxmatullaev Ilyos Arzimurodovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Polimer tolalarni ajralishining va polimerli membrananing gidrofob holatdan gidrofil holatga o‘tishida tarkibida turli xil miqdorda deyteriy bo‘lgan suvda Nafionning bo‘kishida namoyon bo‘luvchi suyuqlik hajmida polimer tolalarining “o‘sish” effektini va izotopik effektlarining vaqtli dinamik qonuniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kyuveta oynasi bilan chegaralangan sohadagi suyuqlikda Nafion polimer membranasining bo‘kishi tufayli polimer tolalarning “o‘sish” effektining turli dinamik rejimlari aniqlangan;
kyuveta oynasi va membrana sirti o‘rtasidagi suv zarralaridan holi bo‘lgan bo‘shliqning paydo bo‘lishi tufayli polimer tolalari orasidagi suv molekulalarnining itarilishining lokal kuchlanish hisobiga gidrofob effektni kuchayishi aniqlangan;
membrana bo‘kishida kyuveta hajmi bo‘yicha suvning o‘rtacha konsentratsiyasi oshishi ikkita vaqtli “sakrash” bilan sodir bo‘lishi aniqlangan: birinchi sakrash bo‘shliq shakllanishiga olib kelishi, ikkinchi sakrash esa polimer matrisa hajmida suv miqdorining keskin oshishiga mos kelishi isbotlangan;
qalinligi 175 mikron va diametri 1 santimetr bo‘lgan Nafion plastinkasi uchun kyuvetaning 200 mikronga teng alohida o‘lchami mavjud, bunda bo‘shliqga erishish anomal darajada sekin kechadi va kyuveta hajmi bo‘ylab suvning o‘rtacha konsentratsiyasi dastlabki 100 minut bo‘kish davomida chiziqli qonun bo‘yicha oshib borishi aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Nafionning taqiqlangan sohasining tarkibi va xususiyatlari; cheklangan hajmda bo‘kishi va mikroreologik effektlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
turli izotopik tarkibga ega suvda, har xil tuzlarni suvdagi eritmalarida polimerli matrisaning gidrofob holatdan gidrofil holatga o‘tish dinamikasi qonuniyatlarini aniqlash natijalari OT-F2-40 raqamli “Molekulyar klasterlarning hosil bo‘lish mexanizmlari va ularning tebranma spektrlarda namoyon bo‘lishi” (Samarqand davlat universitetining 2022 yil 13-yanvardagi 10-135-son ma’umotnomasi) mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihalarida foydalanilgan. Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi vodorod bog‘lanish orkali va molekulyar spektroskopiya asosida molekulalar klasteri hosil bo‘lishi haqidagi yangi ma’lumotlar bo‘yicha noempirik hisoblar, o‘zaro ta’sirlashuvning boshqa turlari haqidagi ma’lumotlar, har xil shakldagi va turli tarkibli molekulalar uchun klasterlarning namoyon bo‘lishi, suvning strukturasini shakllanish jarayonlari hamda organik molekulalar aralashmasida klasterizatsiyalanish jarayonida molekulalararo vodorod bog‘lanish rolini tushuntirish imkonini bergan;
membrananing cheklangan hajmli kyuvetada bo‘kish jarayonida mikroreologik effektlarni nomoyon bo‘lishi natijalari spektral xarakteristik va polimerlarning bo‘kish kinetikasini o‘rganish metodikasi OT-F7-83 “Xromatografik jarayonlarni modellash, maqbullash va “Ushlanish kattalliklari-xossalari” o‘zaro bog‘liqliklarni o‘rganish va ularni nanoxramotografiyada qo‘llanilishi” (Samarqand davlat universitetining 2022 yil 13-yanvardagi 10-136-son ma’umotnomasi) mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihalarida foydalanilgan. Natijalarni qo‘llash nanosorbitlarning turli erituvchilarda bo‘kishda fizik-kimyoviy va reologik xossalarni aniqlash imkonini bergan.