Sharipov Kozimjon Komiljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Trubkali qurilmalarda uglevodorod bug‘larini kondensatsiya jarayonini jadallashtirish», 02.00.08 – Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T1912.
Ilmiy rahbar: Xudoyberdiev Absalom Abdurasulovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmonov Toir, texnika fanlari doktori; Jumaev Qayum Karimovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neftni qayta ishlash korxonalari quvurli quril-malarida uglevodorod bug‘larini kondensatsiyalash jarayonini jadallashti-rishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
issiqlik tashuvchilarning (xomashyo, fraksiyalar distillyatlari va bug‘la-ri) asosiy fizik-kimyoviy va issiqlik-fizik xossalari ko‘rsatkichlarining tajribaviy kondensatordagi issiqlik berish samaradorligiga ta’sir darajasi aniqlangan;
kondensatsiyalanayotgan uglevodorod bug‘lari va qizdirilayotgan xomashyo harorati, bosimi va sarfini tajriba qurilmasining quvurlari va ular orasidagi bo‘shlig‘ida issiqlik berish samaradorligiga ta’siri aniqlangan; 
quvurli kondensatorlarning optimal issiqlik uzatish yuzasini aniqlash maqsadida uglevodorod bug‘larining kondensatsiyalanish harorati va issiqlik koeffisientlarini tajriba qurilmasi quvurlarining uzunligi (balandligi) bo‘ylab taqsimlanish xarakteri aniqlangan;
tajriba qurilmasida issiqlik uzatishni jadallashtirish darajasi uning turli haroratdagi ish rejimlarida suv va uglevodorod xom ashyosi bug‘larining kondensatsiyalanish issiqliklariga bog‘liqligi asoslangan; 
uglevodorod bug‘larini intensiv kondensatsiyalanishi sharoitida xomashyo-ni qizdirish uchun qobiq-quvurli issiqlik almashgichning yangi, quyi quvurlar panjarasi qiya ishlangan konstruksiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Quvurli apparatlarda ugle-vodorod bug‘larini kondensatsiyalash jarayonini jadallashtirish bo‘yicha olin-gan ilmiy natijalar asosida:
uglevodorodli issiqlik tashuvchilar yordamida neftegazokondensat xomashyosini isitish uchun mo‘ljallangan qobiq-quvurli issiqlik almashinish qurilmasi «O‘zbekkimyomash zavodi» AJning “2021-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zbekkimyomash zavodi» AJning 2020 yil 12 noyabridagi 44-794-sonli ma’lumotnomasi). Natijada texnologik samaradorlikni 12÷18 % ga oshirish imkonini bergan; 
IONX-1 markali tuzsizlantiruvchi yangi ingibitorlardan №I12-FA-T027 “Issiqlik energoagregat tizimlari uchun suv tayyorlash jarayonini texnologiyasini ishlab chiqish va joriy etish” innovatsion loyihasida oqava suvlarni tozalashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 17 noyabrdagi 4/1255-2548-son ma’lumotnomasi). Natijada, trubkali qurilmalarning suv aylanish tizimida issiqlik almashinish jarayonini jadallashtirish imkonini bergan.  

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish