Sidiqova Hulkar G‘ulomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Chiqindi gazlar tarkibidan is gazini nazorati uchun yarimo‘tkazgichli sensorlar yaratish», 02.00.02 – Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/K433.
Ilmiy rahbar: Abdurahmanov Ergashboy, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Nasimov Abdullo Murodovich, kimyo fanlari doktori, professor; Qutlimuratova Nigora Xakimovna, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gazsezgir metall oksidi kompozitlarini ishlab chiqish va uglerod (II) oksidini aniqlash uchun selektiv yarimo‘tkazgichli sensorlarni yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor titan va kadmiy oksidlari asosida is gazini yarimo‘tkazgichli sensori uchun gazsezgir materialning zol`-gel` sintezi amalga oshirilgan;
is gazini aniqlovchi yarimo‘tkazgichli sensorning yuqori sezuvchanligini ta’minlaydigan gazsezgir materialning tarkibi va komponentlar nisbati aniqlangan;
yarimo‘tkazgichli uglerod (II) oksidi sensorining yuqori sezuvchanligi va selektivligini oshirish usullari yaratilgan. 
uglerod (II) oksidini konsentratsiyaning keng diapazonida nazorat qiluvchi avtomatik analizator yaratilgan hamda uning metrologik va ekspluatatsion parametrlariga turli omillarning ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Is gazini aniqlash uchun metall oksidi kompozitlari asosida kimyoviy sensorlarni yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan CO sensorlari “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” AJda amaliyotga joriy etilgan (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” AJning 2021 yil 1 noyabrdagi 976/GK-11-son ma’lumotnomasi). Natijada, yopiq ekologik tizimlarda (sanoat va ma’muriy binolar) atmosfera havosidagi is gazini miqdorini nazoratidagi yuqori tezkorlik, sezgirlik va selektivlik xavfsizlik choralarini ta’minlash imkonini bergan;
ishlab chiqilgan uglerod (II) oksidining aniqlash usuli va sensori “Olmaliq KMK” AJda amaliyotga joriy etilgan (“Olmaliq KMK” AJning 2021 yil 30 dekabrdagi 1635-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekologik xavfsizlik ta’minlangan va uglerod (II) oksidini yopiq ekologik tizimlar atmosfera havosi va texnologik chiqindi gazlar tarkibidan tezkor aniqlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish