Kamolov Luqmon Sirojiddinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Stachybotrys, Trichoderma va Polyporus qo‘ziqorinlarining ikkilamchi metabolitlari sintezi, tuzilishi va modifikatsiyasi», 02.00.03 - Organik kimyo, 02.00.10 - Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/K106.
Ilmiy maslahatchilar: Nurmanov Suvonkul Erxanovich, texnika fanlari doktori, professor; Aripova Salimaxon Fozilovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.K.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Shavkat Voxidovich, kimyo fanlari doktori, professor; Matchanov Olimjon Davlatbaevich, kimyo fanlari doktori; Raxmanberdieva Rano Karimovna, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy Stachybrobrys, Trichoderma mikromisetlar va Polyporus qo‘ziqorinlarining alkaloidlari, terpenoidlarini ajratish, yangi hosilalarini sintezi usullarini ishlab chiqish hamda ularning tuzilishi, fizik-kimyoviy va biologik xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yangi tuzilishli seskviterpenoid driman benzofuran sinfiga kiruvchi staxibotrilaktam, staxibotrin, staxibotrolid va staxibotral` moddalari olingan, tuzilishi isbotlangan va kimyoviy xossalari aniqlangan;
yangi alkaloidlar va terpenoidlarni N,O-atsillash, N,O-vinillash hamda oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari amalga oshirilgan, ular asosida biologik faol birikmalar sintez qilingan;
staxibotrilaktam, staxibotrin, staxibotrolid va staxibotrallarning N,O-atsilli birikmalarini sintez qilish orqali aromatik va terpenoid halqalaridagi gidroksil guruhlariga xos O-atsil birikmalarni yuqori unum bilan hosil bo‘lishi aniqlangan;
seskviterpenoid driman benzofuran alkaloidlari, terpenoidlarning tuzilishi va konformatsiyasi kimyoviy, zamonaviy fizik tadqiqot usullari hamda rentgen tuzilish tahlil usuli yordamida aniqlangan;
ilk bor seskviterpenoid driman benzofuran tuzilishli alkaloidlar, terpenoidlarning hosilalarini sintez qilish usullari ishlab chiqilgan va maqbul sharoitlari topilgan;
mahalliy T.harzianum 55 zamburug‘ shtammi asosida qishloq xo‘jaligi ekinlari o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligini oshiruvchi turli xil fitopatogen zamburug‘larga qarshi antifungal xususiyatga ega «Biostim» mikroo‘stirgich biopreparati yaratilgan;
mahalliy T.harzianum 28 zamburug‘ shtammi asosida o‘simlik massalari silosining kimyoviy, organoleptik ko‘rsatkichlarini oshiruvchi va turli xil sellyulozali substratlarni boyitishda foydalaniladigan «Trixostim» biopreparati yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ajratib olingan alkaloidlar, terpenoidlar va ularning hosilalarining tuzilishi hamda biologik faolligini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Rolyporus ailanthus qo‘ziqorinidan triterpenoidlarini ajratish, tuzilishi, sintez usullari, kimyoviy o‘zgarishlari va biologik faolligi haqidagi ma’lumotlarni qo‘llanilishi va tahlili uchun xorijiy yuqori impakt faktorli 13 ga yaqin jurnallar hamda 20 ta manba va ilmiy maqolalarda foydalanilgan (Natural Medicines (2006), 2, 130-134, (IF=2.3); Bioorganic Chemistry (2018), (IF=5.2), Phytochemistry (2006) 67, 202–211, (IF=4.0) va boshqa). Natijada, triterpenoidlar ajratish va tuzilishini aniqlashni amalga oshirish imkonini bergan;
siklopentanon oksimning rentgen tuzilish tahlili natijalari xalqaro Kembridj markaziy kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Structural Database, https://www.ccdc.cam.ac.uk, CCDC № 1042802). Natijada, bazaga kiritilgan yangi moddalarga o‘xshash birikmalarni sintez qilish, tuzilishini o‘rganish imkonini bergan;
mahalliy Trichoderma harzianum 55 zamburug‘ shtammi kul`tural suyuqligi asosida yaratilgan “Biostim” mikroo‘stirgich biopreparati qishloq xo‘jaligida paxtachilik hamda g‘allachilikda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qashqadaryo viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2021 yil 25 oktyabrdagi 01/1783-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini 4-12% gacha oshirish imkonini bergan;
mahalliy Trichoderma harzianum 55 zamburug‘ shtammi kul`tural suyuqligi asosida yaratilgan “Biostim” mikroo‘stirgich biopreparatini “Lavanda” dorivor o‘simligiga qo‘llash orqali amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining 2021 yil 16 noyabrdagi 04/21-4574-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rmon xo‘jaligi hududagi “Lavanda” dorivor o‘simligi rivojlanishini 15-20% gacha oshirish imkonini bergan;
mahalliy Trichoderma harzianum va Stachybotrys chartarum zamburug‘ shtammidan ajratib olingan alkaloidli va terpenoidli organik birikmalar Muborak gazni qayta ishlash MChJ korxonasida amaliyotga qo‘llanilgan (“O‘zbekneftgaz” AJ Muborak gazni qayta ishlash zavodining 2021 yil 27 noyabrdagi 854/GK-11-son ma’lumotnomasi). Natijada, neft-gaz sanoati metall konstruksiyalari va qurulmalarining eksplutatsiya muddatini oshirish imkonini bergan;
mahalliy Trichoderma harzianum 28 zamburug‘ shtammi kul`tural suyuqligi asosida olingan “Trixostim” biopreparati chorvachilikda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2021 yil 22 noyabrdagi 02/23-2099-son ma’lumotnomasi). Natijada, hayvonlar sog‘ligini barqarorlashtirish, turli xil kasalliklarga chidamliligini va sigirlarning sut mahsuldorligini 16-21% ga oshirish imkonini bergan.