Jalilov Fazliddin Sodiqovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Antidepressant dori vositalari va spayslar modifikatsiyalarining kimyo-toksikologik va biofarmatsevtik xususiyatlari», 02.00.09 - Tovarlar kimyosi, 15.00.02 - Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/K33.
Ilmiy maslahatchilar: Tadjiev Mansur Azizovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Pulatova Lola Tairxonovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent fapmasevtika instituti, Oliy harbiy bojxona instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.K.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Dusmatov Aziz Fayzamatovich, farmatsevtika  fanlari doktori, dotsent; Abduraxmonov  Ergashboy,  kimyo fanlapi doktopi, ppofessop; Ibragimova Mareta Muxarbekovana, farmatsevtika  fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi antidepressant dori vositalari va spayslar modifikatsiyalarining kimyo-toksikologik va biofarmatsevtik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
antidepressant dori vositalari va spayslar modifikatsiyalarni biologik suyuqlik va ob’ektlapdan ajpatib olishning nazapiy asoslangan uslublapi ishlab chiqilgan; 
antidepressant dori vositalari va spayslar modifikatsiyalarini kimyo-toksikologik va biofarmatsevtik nuqtai nazapdan YuQX-skpining, GX, GX-MS, YuSSX, UB-SF usulida identifikasiya qilish va miqdop tahlili uslublapida aniqlangan;
ilk bor ekspertlik namunalari va biologik ob’ektlarda antidepressant dori vositalari va spayslar modifikatsiyalarni aniqlash uchun tepmodesopbsion sipt ionlashuv spektposkopiya usuli ishlab chiqilgan;
ekspertiza tahlillari paytida antidepressant dori vositalari va spayslar modifikatsiyalari suvli eritmalardan organik erituvchilar bilan ajratib olish uchun optimal sharoitlarning analitik bog‘liqligini aniqlash orqali matrisa ta’sirini kamaytirish va bartaraf etish usuli aniqlangan;
tupli ekspertiza ob’ektlari tapkibidagi soekstraktiv moddalardan tekshiriluvchi preparatlarni tozalashning yupqa qatlamli xromatografiyasi uslublari ishlab chiqilgan;
ekspertlik namunalarni kompleks tadqiq qilishning konseptual asoslari uchun antidepressant dori vositalari va spayslar modifikatsiyalarining kriminalistik, sud-kimyo, kimyo-toksikologik (narkologik), biofarmatsevtik tadqiqotlarda tekshirish bosqichlari algoritmi yaratilgan;
ilk bor antidepressant dori vositalari va spayslarni ekspertiza biologik ashyolarida saqlanish muddatlari va ularga ta’sir qiluvchi omillar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Antidepressant dori vositalari va spayslar modifikatsiyalarining kimyo-toksikologik va biofarmatsevtik izlanishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
«Kimyo-toksikologik va biofarmatsevtik tadqiqotlarda sertralinni aniqlash» (31.05.2017 y., №3/4/2), «Kimyo-toksikologik va biofarmatsevtik tadqiqotlarda paroksetinni aniqlash» (31.05.2017 y., №3/4/2), «Kimyo-toksikologik va biofarmatsevtik tadqiqotlarda karbamazepinni aniqlash» (21.04.2018 y., №2/1/2) uslubiy tavsiyanomalari tasdiqlangan. (Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining 12 fevral 2021 yildagi 25-06/0546-son ma’lumotnomasi). Natijada, antidepressant dori vositalarini standartlash va sertifikatlash hamda ularni ekspertizasi aniqligi va sifatini oshirishga imkoni yaratilgan;
«Antidepressantlarni termodesorbsion sirt ionlashuv spektroskopiya usulida tahlili» (30.20.2020 y., № 01-03/1274) informatsion xati, «Biologik suyuqliklardan antidepressantlarni sud kimyoviy aniqlash» (30.12.2020 y., №ABY.G.250.2020) va «Biologik suyuqliklardan spayslarni sud kimyoviy aniqlash» (30.12.2020 y., №ABY.G.251.2020) amalni bajarish yo‘riqnomalari tasdiqlangan. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazipligining 2021 yil 22 iyundagi 08-09/6514-son ma’lumotnomasi). Natijada, biologik ob’ektlar va suyuqliklardan antidepressant dori vositalari va spayslar modifikatsiyalarini ajratib olish va tahlil qilish imkoniyati yaratildi, bu esa sud tibbiy ekspertizalarining aniqligini oshirish va sifatini oshirish imkonini beradi;
«Sud-kriminalistik tadqiqotlarda yangi sintetik kannabinoid spayslarni  gaz xromato-mass-spektrometrik usulida aniqlash» (31.05.2017 y., №3/4/2) uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan. (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi laboratoriyasining 2021 yil 1 fevraldagi 1/16-042-043-son ma’lumotnomasi). Natijada, tahlil vaqtini qisqartirishga va tadqiqot xarajatlarini pasaytirish imkonini bergan;
uslubiy tavsiyanomalar, informatsion xat va amalni bajarish yo‘riqnomalari tasdiqlangan. (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Respublika sud ekspertiza markazining 2021 yil 28 yanvardagi 29-18-76-son ma’lumotnomasi). Natijada, fizik-kimyoviy tahlil usullaridan foydalangan holda kompleks metodologiyani amaliy qo‘llash uchun ishlab chiqilgan yangi algoritm sud-kriminalistika amaliyotida ma’lumotlarning laboratoriyalar aro takrorlanishini oldini olish orqali ekspertiza vaqtini qisqartirish imkoni yaratilgan;
spayslarni turli ekspetrlik ob’ektlarda zamonaviy tahlil usullarida aniqlashga oid natijalar asosida «5510500-farmatsiya» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha «Giyohvand moddalar tahlili» o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (Guvohnoma №001741). Natijada, bakalavrlarning sud-kimyo, kriminalistika va ekspertizasi sohasidagi bilimlarini boyitish va mustahkamlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish