Abdiraimov Shohruh Samad o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ona tili ta’limida o‘qib tushunish malakasini baholashning ilmiy-metodik asoslari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2517.
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik). 
Rasmiy opponentlar: Safarova Roxatoy G‘aybullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Nurillaeva Shahlo O‘ktamovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ona tili ta’limida umumiy o‘rta ta’lim bitiruvchilarining matnni o‘qib tushunish malakasini baholashga doir ilmiy-nazariy va metodik asoslarini, shuningdek, baholash mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
topshiriqlar mazmuni verbal va vizual ma’lumotlarni tushunish, matn mohiyatini anglay olish, unda ifodalangan muhim fikr, asosiy nuqtani ilg‘ay olishga yo‘naltiruvchi o‘qib tushunish malakasi bo‘yicha ishlab chiqilgan baholash mexanizmi o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi bo‘yicha ko‘nikmalarini amaldagiga nisbatan aniqroq, qulay va ishonchli baholay olish imkonini berishi aniqlangan; 
ona tilidan turli uslubda yozilgan matnlarni o‘qib tushunish malakasini baholash mezonlarini belgilashda o‘quvchining hayotda, ijtimoiy munosabatlarda turli nutqiy vaziyatlarga duch kelishi inobatga olinib, bu borada kognitiv-pragmatik yondashuvdan foydalanish mantiqan to‘g‘ri ekanligi asoslangan; 
ona tilidagi matnni o‘qib tushunish malakasini baholash mazmuniga mos tarzda ishlab chiqilgan o‘quv topshiriqlar tizimi amaliyotda qo‘llanilganda o‘quvchi turli nutq uslublariga doir matnlarni o‘qib, undagi explisit (ochiq ifodalangan)  va implisit (yashirin ifodalangan) ma’noni hamda matn muallifining maqsadini to‘g‘ri anglay olish malakasiga ega bo‘lishi dalillangan;
umumiy o‘rta ta’lim bitiruvchilarining matnni o‘qib tushunish malakasini baholashning nazariy-metodik asoslari mantiqiylik, aniqlik, xolislik, hayotiylik, foydalanishga qulaylik tamoyillariga asosan takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ona tili ta’limida o‘qib tushunish malakalarini baholashning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
topshiriqlar mazmuni verbal va vizual ma’lumotlarni tushunish, matn mohiyatini anglay olish, unda ifodalangan muhim fikr, asosiy nuqtani ilg‘ay olishga yo‘naltiruvchi o‘qib tushunish malakasi bo‘yicha ishlab chiqilgan baholash mexanizmi o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi bo‘yicha ko‘nikmalarini amaldagiga nisbatan aniqroq, qulay va ishonchli baholay olish imkonini berishi, o‘quvchilarning ona tilidagi matnni o‘qib tushunish malakasini baholash mazmuni yuzasidan keltirilgan ilmiy xulosalar va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 15 maydagi 125-son buyrug‘i asosida e’lon qilingan “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘zbek tilini o‘qitish sifatini oshirish” amaliy loyihasida foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 2 iyundagi 01/11-01/01-927-son ma’lumotnomasi). Natijada ona tili fanidan o‘quv dasturlari va darsliklari mazmuni boyitilgan; 
ona tilidagi matnni o‘qib tushunish malakasini baholash mazmuniga mos tarzda ishlab chiqilgan o‘quv topshiriqlar tizimi amaliyotda qo‘llanilganda o‘quvchi turli nutq uslublariga doir matnlarni o‘qib, undagi explisit (ochiq ifodalangan)  va implisit (yashirin ifodalangan) ma’noni hamda matn muallifining maqsadini to‘g‘ri anglay olish malakasiga ega bo‘lishi kabi xulosalar o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash test tizimida foydalaniladigan topshiriqlar mazmuni va metodikasiga singdirilgan (Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2021 yil 22 iyundagi 242-son ma’lumotnomasi). Natijada test sinovlarida ona tilidagi matnni o‘qib tushunish malakasini baholash yuzasidan foydalaniladigan topshiriqlar mazmuni va metodikasi takomillashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish