Gulyamova Shaxnoza Kaxramonovna
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili semantik analizatorining lingvistik asoslari”, 10.00.11 – Til nazariyasi, amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Fil325.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Ilmiy maslahatchi: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Uluqov Nosirjon Muxammadalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Shahobiddinova Shohida Hoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Samsitova Luiza Xamzinovna, filologiya fanlari doktori, professor (Rossiya)
Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili semantik analizatorining lingvistik asoslarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
lingvistik analizatorning axborot-qidiruv tizimida tabiiy tilni qayta ishlash jarayonida namoyon bo‘ladigan so‘zning morfologik, sintaktik va semantik xususiyatlari ifodalashi aniqlanib, semantik analiz va sintez natijasida matn ma’lumotlari kompyuter tushunadigan leksik-morfologik, sintaktik va semantik hodisaga aylanishi dalillangan;
o‘zbek tili birliklari avtomatik tahlilida omonimlik, polifunksionallik va ko‘p ma’nolilikni farqlashning morfologik, sintaktik lingvistik asoslari yaratilib, ot va fe’l orasidagi omonimlikda morfologik, sifat va fe’l orasidagi omonimlikda morfologik-sintaktik, faqat ot va faqat fe’l turkumi doirasidagi omonimlikda sintaktik-morfologik, faqat sifat turkumi doirasidagi omonimlikda sintaktik, turli turkum doirasidagi omonimlikda esa morfologik, sintaktik, morfologik-sintaktik va sintaktik-morfologik omil yetakchilik qilishi aniqlangan;
tildagi omonimlik, polifunksionallik va ko‘p ma’nolilikni to‘liq bartaraf etish uchun faqat sof semantik fil`trlar ish bermasligi, bunda morfo-semantik, sintaktik-semantik fil`trlar ham muhim ahamiyat kasb etishi lingvistik omil asosida aniqlanib, omonimlik, polifunksionallik va ko‘p ma’nolilikni farqlash uchun xizmat qiladigan eng zaruriy vosita – semantik, morfologik, morfo-semantik fil`tr ishlab chiqilgan;
lingvistik modellashtirishda so‘z semantikasi bilan ishlash ancha murakkab jarayon ekanligi, izohli lug‘atda ayrim so‘zlar ma’nosining berilishida chalkashliklar va muammolarni bartaraf etish maqsadida o‘zbek tili semantik analizatori uchun omonim, polifunksional va ko‘p ma’noli so‘zlar qurshovi dasturiy ta’minotining lingvistik jihatlari modellashtirilgan;
o‘zbek tili semantik analizatori uchun omonim so‘zlar asosiy lingvistik ta’minot hisoblanib, korpusda omonimlar muammosini echish, omonimiyani bartaraf etish uchun omonim so‘zlar ma’lumotlar bazasini shakllantirish uchun tilda mavjud bo‘lgan omonimlarni alifbo tartibida izohi bilan berish, morfologik yo‘l bilan farqlanadigan omonimlar uchun qo‘shimchalar kombinatsiyasini ishlab chiqish, o‘ng va so‘l birikuvchilar bilan farqlanadigan omonimlar uchun sintaktik fil`tr bazasini yaratish, yaratilgan fil`tr bazasi asosida omonimlarning lingvistik modellarini ishlab chiqish, lingvistik modellar orqali matematik modellar yaratish kabi semantik analizatorlar yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilining poetik sintaksisi doirasida poetik nutqning sintaktik xususiyatlariga bag‘ishlangan dissertatsion ishda erishilgan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek tili semantik analizatori uchun omonim so‘zlar asosiy lingvistik ta’minot hisoblanib, korpusda omonimlar muammosini echish, omonimiyani bartaraf etish uchun omonim so‘zlar ma’lumotlar bazasini shakllantirish muhim masala bo‘lib, buning uchun tilda mavjud bo‘lgan omonimlarni alifbo tartibida izohi bilan berish (1); morfologik yo‘l bilan farqlanadigan omonimlar uchun qo‘shimchalar kombinatsiyasini ishlab chiqish (2); o‘ng va so‘l birikuvchilar bilan farqlanadigan omonimlar uchun sintaktik fil`tr bazasini yaratish (3); yaratilgan fil`tr bazasi asosida omonimlarning lingvistik modellarini ishlab chiqish (4); lingvistik modellar orqali matematik modellar yaratish (5) kabi semantik analizatorlar yuzasidan tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 17 oktyabrdagi 17.01/265-son ma’lumotnomasi). Natijada hozirgi qoraqalpoq tilida so‘z yasalish modellari mukammallashtirilgan; qoraqalpoq tilidagi omonim, polisemiya va polifunksional so‘z ma’nolari avtomatik farqlash tamoyillari ishlab chiqilgan;
lingvistik analizatorning axborot-qidiruv tizimida tabiiy tilni qayta ishlash jarayonida namoyon bo‘ladigan so‘zning morfologik, sintaktik va semantik xususiyatlari ifodalashi aniqlanib, semantik analiz va sintez natijasida matn ma’lumotlari kompyuter tushunadigan leksik-morfologik, sintaktik va semantik hodisaga aylanishiga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 17 oktyabrdagi 17.01/265-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpoq naql-maqollarining lingvistik mohiyatini aniqlashda axborot-qidiruv tizimida bu birliklarni keng qo‘llash tamoyillari ishlab chiqilgan;
o‘zbek tili birliklari avtomatik tahlilida omonimlik, polifunksionallik va ko‘p ma’nolilikni farqlashning morfologik, sintaktik lingvistik asoslari yaratilib, ot va fe’l orasidagi omonimlikda morfologik, sifat va fe’l orasidagi omonimlikda morfologik-sintaktik, faqat ot va faqat fe’l turkumi doirasidagi omonimlikda sintaktik-morfologik, faqat sifat turkumi doirasidagi omonimlikda sintaktik, turli turkum doirasidagi omonimlikda esa morfologik, sintaktik, morfologik-sintaktik va sintaktik-morfologik omil yetakchilik qilishi xususidagi natijalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil 23 oktyabrdagi 04/1-1995-son ma’lumotnomasi). Natijada inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasvirida omonim, polifunksional va ko‘p ma’noli so‘zlar o‘rni va rolini yoritishga, o‘zbek va ingliz tillaridagi omonim, polifunksional va ko‘p ma’noli so‘zlarning semantik va struktur xususiyatlarini ochib berishga erishilgan;
tildagi omonimlik, polifunksionallik va ko‘p ma’nolilikni to‘liq bartaraf etish uchun faqat sof semantik fil`trlar ish bermasligi, buning uchun morfo-semantik, sintaktik-semantik fil`trlar ham muhim ahamiyat kasb etishi lingvistik omil asosida aniqlanib, omonimlik, polifunksionallik va ko‘p ma’nolilikni farqlash uchun xizmat qiladigan eng zaruriy vosita – semantik, morfologik, morfo-semantik fil`tr xususidagi xulosalardan 5220100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan “Hozirgi o‘zbek tili” darsligining “Leksika, leksik-semantik sath va leksikologiya” deb nomlangan 11-paragrafi hamda “O‘zbek tili leksikasi tasnifi” deb nomlangan 18-paragrafini yozishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil 20 oktyabrdagi 04/1-1975-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek lug‘atchiligiga doir fikrlarni bildirishda korpusda yig‘ilgan omonim, ko‘p ma’noli va polifunksional so‘zlar hamda ularning fil`tri, lingvistik modeli nafaqat leksikologiya, balki semantik analizatorning lingvistik asoslari tilshunoslikning morfologiya va sintaksis singari yo‘nalishlariga boy ilmiy manba bo‘la olishi xususidagi xulosalar mukammallashgan;
lingvistik modellashtirishda so‘z semantikasi bilan ishlash ancha murakkab jarayon ekanligi, izohli lug‘atda ayrim so‘zlar ma’nosining berilishida chalkashliklar va muammolarni bartaraf etish maqsadida o‘zbek tili semantik analizatori uchun omonim, polifunksional va ko‘p ma’noli so‘zlar qurshovi dasturiy ta’minot algoritmi lingvistik jihatlari haqidagi xulosalardan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasi “Buxoro” telekanalining “Assalom, Buxoro!”, “Sakkizinchi mo‘’jiza”, “Adabiy muhit” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 15 oktyabrdagi 1/267-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning ilmiy asoslanganligi, ommabopligi va tomoshabinbopligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etib, til madaniyatini shakllantirish hamda zamonaviy axborot tizimida o‘zbek tilining imkoniyatlaridan foydalanish haqidagi xulosalar mukammallashgan.