Asqarova Shahnoza Ismailovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Lingvistik interferensiyaning xususiyatlari haqida (Farg‘ona viloyatida nemis tilini o‘rganish misolida)”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2144.
Ilmiy rahbar: Zokirov Muxtorali Turdalievich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Umarxo‘jaev Muxtorxo‘ja Ishanxo‘jaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Saparova Kunduz Otaboevna, filologiya fanlari doktori
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va nemis tillarining o‘zaro ta’siri, lingvistik interferensiyaning nazariy va amaliy jihatlari hamda muammolarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ona tili lisoniy elementlarining muayyan darajada ikkinchi, ya’ni o‘rganilayotgan tilga noto‘g‘ri va, ko‘pincha, avtomatik ravishda ko‘chirilishi sababli nemis tilini o‘rganish sharoitida o‘zbek tilli talabalarning nutqida artikl`, kelishik, jins grammatik kategoriyalarining interferensiyasi namoyon bo‘lishi isbotlangan;
lingvistik muloqot jarayonida ona tilining o‘rganilayotgan xorijiy til tizimiga ikki xil ta’siri mavjudligi, ya’ni har ikki til fonetik, leksik-semantik va grammatik strukturasida o‘xshash tomonlarga ega bo‘lsa, o‘zga til osonroq o‘rganilishi hamda har ikki tilning barcha sathlarida sezilarli farqlar bo‘lsa, u holda nemis tilining barcha tuzilmalarida til interferensiyasi yuzaga kelishi aniqlangan;
ona tilining ayrim so‘zlari, ma’no yoki iboralarining ixtiyorsiz boshqa tilga ko‘chirilishi natijasida lingvistik interferensiyaning eng keng tarqalgan shakli – leksik-semantik interferensiya yuzaga kelishi dalillangan;
bevosita hamda muntazam aloqalar mavjud bo‘lmagan sharoitda o‘zbek va nemis tillarining fonetik, leksik-semantik, grammatik, sintaktik sathlarida sodir bo‘ladigan til aloqalari hamda uning ta’sirida yuzaga keladigan struktur-tipologik tafovutlar doirasidagi interferensiya hodisalari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Lingvistik interferensiya hodisalarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va xulosalar asosida:
ona tilining ayrim so‘zlari, ma’no yoki iboralarining ihtiyorsiz boshqa tilga ko‘chirilishi natijasida lingvistik interferensiyaning eng keng tarqalgan shakli – leksik-semantik interferensiya yuzaga kelishiga oid ilmiy xulosalaridan “Pragmalingvistika asoslari” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdvgi 418-son buyrug‘iga asosan 418-045 raqamli ruxsatnoma). Natijada darslik nazariy va amaliy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
bevosita hamda muntazam aloqalar mavjud bo‘lmagan sharoitda o‘zbek va nemis tillarining fonetik, leksik-semantik, grammatik, sintaktik sathlarida sodir bo‘ladigan til aloqalari hamda uning ta’sirida yuzaga keladigan struktur-tipologik tafovutlar doirasidagi interferensiya hodisalariga doir qarashlar va ishning nazariy xulosalaridan “Lingvokul`turologiya” nomli o‘quv qo‘llanmani tatsyyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 28 avgustdagi 375-son buyrug‘iga asosan 375-055-raqamli ruxsatnoma). Natijada o‘quv qo‘llanmanig asosiy qismi ilmiy-nazariy jihatdan boyitilgan;
lingvistik muloqot jarayonida ona tilining o‘rganilayotgan xorijiy til tizimiga ikki xil ta’siri mavjudligi, ya’ni har ikki til fonetik, leksik-semantik va grammatik strukturasida o‘xshash tomonlarga ega bo‘lsa, o‘zga til osonroq o‘rganilishi hamda har ikki tilning barcha sathlarida sezilarli farqlar bo‘lsa, u holda nemis tilining barcha tuzilmalarida til interferensiyasi yuzaga kelishiga doir xulosalaridan O‘zMTRK “Farg‘ona” viloyat teleradiokanali “Ayol va davr” eshittirishining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Farg‘ona” viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 5 noyabrdagi 367-son ma’lumotnomasi). Natijada eshittirish materiallarining ilmiy va amaliy jihatlari boyitilgan, ommabopligi ta’minlangan.