A’zamov Sayfulbot Muxamadalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Inglizcha-o‘zbekcha to‘qimachilik va engil sanoat terminlarining struktur-semantik tahlili”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil735.        
Ilmiy rahbar: Axmedov Oybek Saporboevich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori; Abduvaliev Muhammadjon Arabovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi to‘qimachilik va engil sanoat sohasi terminlarining struktur-semantik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillaridagi to‘qimachilik va engil sanoat sohasiga oid terminologik tizimlarining rivojlanish bosqichlari aniqlanib, ularning taraqqiyotida soha terminlarining leksik-semantik, struktur-semantik va fonetik o‘zgarishlari, jumladan, ulardagi ma’no kengayishi ochib berilgan;
to‘qimachilik va engil sanoat terminosistemasining ierarxik tarzda tashkil qiluvchi nominatsiyalarning paradigmatik va sintagmatik munosabatda bo‘lishining lisoniy markerlari isbotlangan; 
chog‘ishtirilayotgan tillardagi to‘qimachilik va engil sanoat leksik birliklarining derivativ munosabatlari asosida sodda, qo‘shma, juft, qisqartma, ikki yoki bir nechta uzvli formal-struktur belgilarini ajratish orqali leksik-semantik, funksional-semantik va sintaktik uslubiy xususiyatlari ochib berilgan hamda morfemik-morfologik modellari ishlab chiqilgan; 
ingliz va o‘zbek tillaridagi to‘qimachilik sohasiga oid leksik birliklarning tarjima lug‘atlaridagi leksikografik talqini, adekvatligi, aktiv va passiv lug‘atlarda namoyon bo‘luvchi semantik dominantligi, ularning ekvivalent (muqobil)ligini ta’minlash borasida leksikografik tamoyillar takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida to‘qimachilik va engil sanoat sohasi terminologiyasini struktur-semantik, funksional-semantik tahlilidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:  
to‘qimachilik va engil sanoat terminlarining struktur-semantik tahlillari natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligining 03-06/3-2594 raqamli ma’lumotnomasida umumiy o‘rta ta’lim tizimida ingliz tilini o‘qitishni yanada takomillashtirish, xususan, o‘quvchilarda to‘qimachilik va engil sanoat sohasiga oid terminlardan ingliz tili darslarida matnning sotsiopragmatik tahlillariga tayangan holda o‘quvchilarni turliy nutqiy vaziyatlarga tayyorlashga xizmat qiluvchi vosita sifatida foydalanilgan; natijada to‘qimachilik va engil sanoat sohasi terminlarining diaxron tadqiqi va struktur-semantik tahlillaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar  agentligi  tomonidan  taqdim  etilgan A-1-099 raqamli 2015-2017 yildagi «O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqorolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati» mavzusidagi fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2021 yil 17 iyundagi 01-1788-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida tayyorlangan uslubiy qo‘llanmada to‘quv dastgohlarining dastlabki ko‘rinishlari va o‘sha davrga oid bo‘lgan to‘qimachilik sohasi terminlarining struktur-semantik tahlili  aks ettirilgan;
to‘qimachilik sohasi terminlarining struktur-semantik, ya’ni tuzilishi va ma’no jihatidan tahlil qilinganda vujudga keluvchi ayrim tilshunoslikga oid fikrlar va xulosalardan Qirg‘iz-o‘zbek xalqaro universitetida o‘quv lug‘ati va sohaga oid darsliklar yaratishda keng qo‘llanildi. (Qirg‘iz-o‘zbek xalqaro universitetining 2021 yil 6 iyuldagi 07/01-6/53-son ma’lumotnomasi) Natijada «To‘qimachilik terminlarining morfologik xususiyatlari», «sintaktik xususiyatlari», «to‘qimachilik terminlarining metaforik shakllanishi», «struktur-semantik tahlili» kabi tushunchalarni  yoritishda, o‘quv lug‘atli va sohaga oid darsliklar yaratishda keng qo‘llanilgan. 
to‘qimachilik va engil sanoat texnologiyasi terminlarining struktur-semantik tahlillari hamda ularda milliy-madaniy xususiyatlarning aks etishiga doir xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi  «O’zbekiston» teleradiokanali DUK «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshtirishlar» muharririyati tomonidan tayyorlangan «Millat va ma’naviyat», «Ta’lim va taraqqiyot» nomli radioeshtirishlarining 2021 yil fevral` va may sonlarida efirga uzatilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalining 2021 yil 18 iyundagi 04-25-1037-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot ishida Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» - Turk lahjalar to‘plami, Yusuf Xos Xojibning «Qutadg‘u bilig» – Saodatga eltuvchi bilim, Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq» – Haqiqatlar sovg‘asi asarlarida keltirilgan to‘qimachilik va engil sanoat sohasiga oid terminlarning zamonaviy to‘qimachilik sohasiga qay darajada bog‘liq ekanligi ilmiy jihatdan asoslangan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish