Xalquzieva Moxira Asatullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Smola saqlovchi Ferula tadshikorum Pimenov va Ferula foetida (Bunge) Regel turlarining biomorfologik xususiyatlari va ulardan O‘zbekistonda plantatsiyalar tashkil qilish istiqbollari», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/B439.
Ilmiy rahbar: Raxmonqulov Umarqul, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.91.01.
Rasmiy opponentlar: Adilov Bexzod Abdullaevich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim; Yuldashev Akramjon Sultonmurodovich, biologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy  va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: smola saqlovchi Ferula tadshikorum va Ferula foetida turlarining biomorfologik xususiyatlarini aniqlash va ulardan O‘zbekistonning adir va cho‘l mintaqalarida plantatsiyalar tashkil qilishni amalga oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ferula tadshikorum va F. foetida turlarining urug‘ unuvchanligi va plantatsiya sharoitida ularning biomorfologik xususiyatlari  aniqlangan;
Ferula tadshikorum va F. foetida turlarining turli xil muddatlarda, chuqurliklarda, qalinlikda va turli tuproqlarda o‘sishi hamda rivojlanishi aniqlangan$
Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarining adir va cho‘l mintaqasi lalmi sharoitida F. tadshikorum va F. foetida turlarini urug‘dan ekib ko‘paytirish va plantatsiyalar yaratish istiqbollari ilmiy asoslangan; 
F. tadshikorum va F. foetida turlari ko‘chatlarining yillar davomida saqlanuvchanligi ochib berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Smola saqlovchi Ferula tadshikorum Pimenov va F. foetida (Bunge) Regellarning biomorfologik xususiyatlari va ulardan O‘zbekistonda plantatsiyalar tashkil qilish istiqbollari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Ferula tadshikorum va F. foetida turlaridan lalmi va shartli sug‘oriladigan maydonlarda urug‘idan ekib o‘stirish asosida ishlab chiqilgan  amaliy tavsiyalar Jizzax viloyati Arnasoy tumani “ShIFO KOVRAK” va “ShAXBOZ ChORVA DALASI” fermer xo‘jaliklari hududida ekib ko‘paytirish amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2021 yil 29 martdagi 01/03-0928-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy va xorijiy farmatsevtika bozorida xomashyosiga talab yuqori bo‘lgan F. tadshikorum va F. foetida turlarining jami 70 gektar sanoat plantatsiyasini tashkil etish imkonini bergan; 
Jizzax viloyatining lalmikor maydonlarida plantatsiyalar yaratish uchun  urug‘larning turli sharoitlarda unib chiqishi va saqlanib qolishi yuzasidan ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Jizzax viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 7 apreldagi 03-02/884-son ma’lumotnomasi). Natijada, Ferula tadshikorum va Ferula foetida turlarining tabiiy populyasiyalarini qayta tiklash, saqlab qolish, tirik kolleksiyalarini yaratish hamda muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish  imkonini bergan;
F. tadshikorum va F. foetida turlari urug‘larining dala sharoitlaridagi unuvchanligi va maysalarning yashovchanligi oshirish, ko‘chat tayyorlash va ko‘paytirish usullari bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Jizzax viloyat O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2021 yil 19 iyuldagi 0438/2996-son malumotnomasi). Natijada, o‘rmon ho‘jaligining Ferula tadshikorum va Ferula foetida turlarini urug‘laridan ekib ko‘paytirish mumkinligi ilmiy asoslangan va introduksiyalar yaratish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish