Qahhorov Po‘latjon Xursanmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tarixiy bilimlar rivojida shubha tamoyilining ilmiy – konseptual ahamiyati”, 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Fal229.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Bozarov Dilmurod Mirzarasulovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Salomova Hakima Yusupovna, falsafa fanlari doktori, professor; Usmonov Farrux Nasriddinovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tarixiy bilimlar rivojida shubha tamoyiliga oid ilmiy-falsafiy konsepsiyalarni ochib berish va jamiyat taraqqiyotida foydalanish bo‘yicha taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlarda milliy tarixiy ong va tarixiy xotirani yuksaltirishda chin hamda ishonchli bilim hosil qilishga asoslangan shubha tamoyilining baholash, tanqid kabi ratsional omillaridan foydalanish mexanizmi takomillashtirilgan;
tanqidiy ratsionalizm ta’limotida shubha tamoyili evolyusiyasining shakllanishi maxsus epistemologik hodisa va kognitiv tamoyil sifatida baholanishi asoslab berilgan;
falsafiy bilimlar rivojida shubhaning konstruktiv (to‘ldiruvchi) va destruktiv (inkor qiluvchi) xususiyatlari evristik hamda metodologik natijalarni keltirib chiqarishi mantiqiy dalillangan;
“tarixiy bilim” va “shubha tamoyili” tushunchalarining ijtimoiy-kommunikativ xarakteri beqarorlik, noaniqlik, nomutanosiblik, paradoks, ehtimollik, ko‘p o‘lchovlilik, nisbiylik kategoriyalari orqali ratsionalizmga asoslanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarixiy bilimlar rivojida shubha tamoyilining ilmiy-konseptual ahamiyatini aniqlash doirasida ishlab chiqilgan ilmiy-falsafiy tavsiyalar va takliflar asosida:
milliy tarixiy ong va tarixiy xotirani yuksaltirishda shubha tamoyilidan foydalanishning ratsional omillarini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy yangilik hamda taklif va tavsiyalaridan “Milliy g‘oya va millatlararo munosabatlar” nomli o‘quv qo‘llanmaning “Milliy o‘zlikni anglash va milliy g‘ururning o‘sishi demokratik o‘zgarishlarning qonuniy oqibati” deb nomlanuvchi 6-bobining “Milliy o‘zlikni anglash tushunchasining mazmun-mohiyati”, “Milliy madaniyat va milliy o‘zlikni anglashning o‘zaro aloqadorligi” deb nomlanuvchi mavzulari va 12-bobining “Sha’n tushunchasining ma’nosi. Millat sha’nini yuksaltirish imkonlari va tarixiy zaminlari”, “Millat sha’nini qadrlash zamon talabi sifatida. Millat sha’nini yuksaltirishda milliy qadriyatlar va milliy munosabatlarning roli” deb nomlanuvchi mavzularini tayyorlashda samarali foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 10 avgustdagi 89-03-2760-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilgari surilgan taklif va tavsiyalar o‘quv qo‘llanmaning nazariy jihatdan takomillashuviga xizmat qilgan;
falsafa tarixida shubha tamoyilining evolyusiyasi va shakllanishi tanqidiy ratsionalizm nuqtai nazaridan tahlil qilinib, uning maxsus epistemologik hodisa va kognitiv tamoyil sifatidagi tizimli tahlili berilgan taklif tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining “Sharq renessansi davri allomalari va mutafakkirlari asarlarining ilmiy falsafiy va badiiy lingvistik tadqiqi” mavzusidagi BMB F – 1003 raqamli fundamental davlat grantini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 21 avgustdagi 03/011-712-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy tarixiy ong va tarixiy xotira, milliy va umumbashariy tarixiy qadriyatlarni o‘rganishning konseptual mexanizmlari takomillashtirishga xizmat qilgan;
falsafiy bilimlarda shubhaning konstruktiv va buzg‘unchi xususiyatlari ochib berilib, uning evristik va uslubiy imkoniyatlarini ob’ektiv baholashdagi taklif va xulosalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2019 yil 1 noyabrdagi VI S’ezdida tasdiqlangan “Samarqand viloyati kengashining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan hududiy dasturi” loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020 yil 10 sentyabrdagi 01-238-son ma’lumotnomasi). Natijada taqdim etilgan taklif va tavsiyalar partiyaning targ‘ibot va tashviqot ishlarida samarali foydalanilgan va tarixiy bilimlar rivojini ob’ektiv, xolisona baholashga asos bo‘lgan;
falsafiy va qiyosiy tahlil qilish asosida “tarixiy bilim” va “shubha tamoyili” tushunchalarining mazmuniga aniqlik kiritilib, ularni beqarorlik, noaniqlik, nomutanosiblik, assimetriya, sakrash, paradoks, imkoniyat, ehtimollik, ko‘p o‘lchovlilik, cheksizlik, nomuvofiqlik, nisbiylik va boshqalar kategoriyalar bilan bog‘liq jihatlari to‘g‘risidagi taklif-tavsiyalardan “Jahon falsafasi qomusi”ni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyatining 2020 yil 17 noyabrdagi 19-son ma’lumotnomasi). Natijada, taqdim qilingan dissertatsiya ma’lumotlaridan ushbu yo‘nalishda foydalanilgani kitob mazmunini boyitishga va bu boradagi ma’lumotlar olimlar, tadqiqotchilar, falsafa ilmiga qiziquvchilarning falsafiy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilgan.