Beknazarova Zamira Farmanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Muhandislik yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetentligini shakllantirish” (fizika o‘qitish misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped2843.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Usarov Jabbor Eshbekovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Djumaboev Davlatboy Xalillaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fizika o‘qitish jarayonida muhandislik yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetentligini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fizikani o‘qitish jarayonida bo‘lajak muhandislarda zaruriy kasbiy kompetentlikni shakllantirishning metodik tuzilmasi noaniqlik sharoitida milliy (fizikani o‘qitish maqsadlarining o‘zgarishi, pedagogik texnologiyalar rivoji, o‘quv-texnik majmualarning yangilanishi), ta’limiy (o‘qitish tizimi va shakllarining yangilanishi) omillarning ta’sir darajasini hisobga olish orqali xususiy kompetensiyalar tizimini (kasbiy-texnik, konstruktorlik, loyihaviy, texnologik, tashkiliy-boshqaruv, ekspluatatsiya xizmatiga doir) ishlab chiqish orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarda kasbiy kompetentlikni fizika ta’limi orqali shakllantirishning metodik jihatlari matematik modellashtirish metodi orqali echim topiladigan sohaga doir majmuaviy topshiriqlardan fizika mashg‘ulotlarida foydalanishning besh darajali (axborot beruvchi, reproduktiv, tayanch, murakkablikni oshirish, ijodiy) algoritmini dinamik tarzda takomillashtirib borish asosida aniqlashtirilgan;
fizika ta’limi jarayonida bo‘lajak muhandislarda kasbiy kompetentlikni shakllantirishning tashkiliy-funksional modeli to‘rt (yo‘naltirish, rejalashtirish, bajarish, natijalarni nazorat qilish) bosqichli metodikani faoliyatni modellashtirishning mustaqil ta’limga asoslangan mexanizmining didaktik ta’siri produktivligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarda kasbiy kompetentlikni shakllantirishning didaktik ta’minoti fizikani o‘qitishning tayyorgarlik, baholash, korreksiya, portfolioni shakllantirishga asoslangan modulli texnologiyani kognitiv, shakllantiruvchi va ijodiy bosqichlarda samarali qo‘llashga imkon beruvchi o‘lchov keyslari, ishbop o‘yinlar, mahorat darslari, refleksiv kundalik kabi interfaol usullar bilan integrativligini jadallashtirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fizikadan ta’lim jarayonida muhandislik yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetentligini shakllantirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
fizikani o‘qitish jarayonida bo‘lajak muhandislarda zaruriy kasbiy kompetentligini shakllantirishning metodik tuzilmasini noaniqlik sharoitida milliy, ta’limiy omillarning ta’sir darajasini hisobga olish orqali xususiy kompetensiyalar tizimini ishlab chiqish orqali aniqlashtirishga taklif va tavsiyalardan “Fizika fanidan laboratoriya ishlari” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 892-son buyrug‘i, 892-051-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak muhandislarning zaruriy kasbiy kompetensiyalarini fizikani o‘qitish jarayonida loyihalash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak muhandislarda kasbiy kompetentlikni fizika ta’limi orqali shakllantirishning metodik jihatlarini matematik modellashtirish metodi orqali echim topiladigan sohaga doir majmuaviy topshiriqlardan fizika mashg‘ulotlarida foydalanishning besh darajali algoritmini dinamik tarzda takomillashtirib borish asosida aniqlashtirish, fizika ta’limi jarayonida bo‘lajak muhandislarda kasbiy kompetentlikni shakllantirishning tashkiliy-funksional modelini to‘rt bosqichli metodikani faoliyatni modellashtirishning mustaqil ta’limga asoslangan mexanizmining didaktik ta’siri produktivligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Fizika (Elektrostatika. Elektromagnetizm. Tebranishlar va to‘lqinlar)” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 522-son buyrug‘i, 522-024-raqamli guvohnoma). Natijada, muxandislik yo‘nalishida fizikani kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘qitish samaradorligini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak muhandislarda kasbiy kompetentlikni shakllantirishning didaktik ta’minotini fizikani o‘qitishning tayyorgarlik, baholash, korreksiya, portfolioni shakllantirishga asoslangan modulli texnologiyasini kognitiv, shakllantiruvchi va ijodiy bosqichlarda samarali qo‘llashga imkon beruvchi o‘lchov keyslari, ishbop o‘yinlar, mahorat darslari, refleksiv kundalik kabi interfaol usullar bilan integrativligini jadallashtirish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Fizika fanidan laboratoriya ishlari” nomli o‘quv qo‘llanmalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 892-son buyrug‘i, 892-051-raqamli guvohnoma). Natijada, fizikadan muhandislik sohasiga yo‘naltirilgan o‘quv eksperimentlarini tashkil etish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.