Ramonova Sadoqat Qomilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Elektrotexnika va elektronika asoslari fanini o‘qitishni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida takomillashtirish metodikasi” (oliy harbiy bilim yurtlari misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1203.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Suyarov Kusharbay Tashbaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Ergashov Muxammadrasul, texnika fanlari doktori, professor; Xujanov Erkin Berdievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy harbiy ta’lim muassasalarida elektrotexnika va elektronika asoslari fanini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida o‘qitish metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy harbiy ta’lim muassasalarida elektrotexnika va elektronika asoslari fanini o‘qitish metodik xususiyatlari ratsionallik va emotsionallik, nazariy va empirik bilimlarning birligi, elektrotexnikaning hayot va amaliyot bilan bog‘liqligi kabi umumdidaktik tamoyillarni kompyuterli chizmatexnik modellashtirish jarayonlariga komparavistik tarzda tatbiq etish orqali aniqlashtirilgan;
elektrotexnika va elektronika asoslari fanini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida o‘qitishning metodik tuzilmasi (komponentlari, bosqichlari) elektr zanjirlarni almashtirish chizmasi, modellashtirish, vektorli diagrammalar, analitik metodlarni axborot texnologiyalarini qo‘llashga imkon beruvchi chizma-tasviriy modellar (mental kart, mantiqiy graf, freym) bilan modifikatsiyalashning produktivligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
elektrotexnika va elektronika asoslari fanini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida o‘qitishning didaktik modeli konstruktiv-texnik masalalarni echish jarayonida ijodiy texnik fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiluvchi ilmiy bilish shakl va metodlarini (kuzatish, eksperiment, taqqoslash, farazlarni ilgari surish, analogiya, analiz, sintez, umumlashtirish) majmuaviy qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
elektrotexnika va elektronika asoslari fanini o‘qitishning metodik ta’minoti elektron dasturiy vositalarni (Virtual bread board, NI Multisim 14, Proteus 8 Professional, ARDUINO platasi dasturlari) izlanishli-tadqiqotchilik faoliyat jarayonida texnik intellektni rivojlantirishga va maqsadli yo‘naltirishga xizmat qiluvchi test-kartlarni adaptiv tarzda ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy harbiy ta’lim muassasalarida elektrotexnika va elektronika asoslari fanini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida takomillashtirish metodikasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
oliy harbiy ta’lim muassasalarida elektrotexnika va elektronika asoslari fanini o‘qitish metodik xususiyatlarini ratsionallik va emotsionallik, nazariy va empirik bilimlarning birligi, elektrotexnikaning hayot va amaliyot bilan bog‘liqligi kabi umumdidaktik tamoyillarini kompyuterli chizmatexnik modellashtirish jarayonlariga komparavistik tarzda tatbiq etish orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Elektrotexnika va elektronika asoslari fanidan amaliy mashg‘ulotlar to‘plami” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Mudofaa vazirligining 2021 yil 8 sentyabrdagi 10/1984-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy harbiy ta’lim muassasalarida elektrotexnika va elektronika asoslari fanini innovatsion yondashuvlar asosida o‘qitish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qilgan;
elektrotexnika va elektronika asoslari fanini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida o‘qitishning metodik tuzilmasini elektr zanjirlarni almashtirish chizmasi, modellashtirish, vektorli diagrammalar, analitik metodlarni axborot texnologiyalarini qo‘llashga imkon beruvchi chizma-tasviriy modellar bilan modifikatsiyalashning produktivligini ta’minlash asosida aniqlashtirish, elektrotexnika va elektronika asoslari fanini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida o‘qitishning didaktik modeli konstruktiv-texnik masalalarni echish jarayonida ijodiy texnik fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiluvchi ilmiy bilish shakl va metodlarini majmuaviy qo‘llash algoritmini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan OT-Atex-2028-519 “Kompyuterda immitatsion modellar asosida virtual resurslar Web ilovasini dasturiy ta’minotini yaratish” (2018-2020 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Mudofaa vazirligining 2021 yil 8 sentyabrdagi 10/1984-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy harbiy ta’lim muassasalarida elektrotexnika va elektronika asoslari fanini o‘qitishda virtual ta’lim texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
elektrotexnika va elektronika asoslari fanini o‘qitishning metodik ta’minoti elektron dasturiy vositalarni izlanishli-tadqiqotchilik faoliyat jarayonida texnik intellektni rivojlantirishga maqsadli yo‘naltirishga xizmat qiladigan test-kartlarni adaptiv tarzda ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Elektrotexnika va elektronika asoslari” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Mudofaa vazirligining 2021 yil 8 sentyabrdagi 10/1984-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak ofiseralarda axborot-kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan.