Qodirova Buzulayho Turg‘unovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Badiiy asarlar vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tarixiy ongni shakllantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1362.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Niyozmetova Roza Xasanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Sobirova Mahbuba Yusubjanovna, pedagogika fanlari nomzodi dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi badiiy asarlar vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tarixiy ongni shakllantirish metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tarixiy ongni shakllantirish tuzilmasi va komponentlari tarixiy bilim, tasavvur, tarixiy idrok, tarixiy voqelikni baholash komponentlarining tarixiy ongning individual, jamoaviy, ilmiy-nazariy, umumlashgan shakllarini tarbiyaviy, kreativ, baholovchi funksiyalar bilan bevosita va bilvosita aloqadorligini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tarixiy ongni shakllantirish jarayonining algoritmik bosqichlari fanlararo yondashuvning imkoniyatlarini kengaytirish, o‘quv materiallarini integrativlik tamoyili asosida strukturalash, o‘qish darslarida badiiy-tarixiy matnlar ustida ishlashning praksiologik darajasi barqarorligini ta’minlashga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
o‘qish darsliklarida berilgan badiiy matnlar hamda darsdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlari uchun mo‘ljallangan tarixiy tavsifga ega qo‘shimcha materiallarning “o‘tmish – bugun – kelajak” tamoyili bilan adaptivligini ta’minlash asosida badiiy asarlar vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tarixiy ongni shakllantirishga doir metodik jarayonlarning samaradorligi asoslangan;
badiiy asarlar vositasida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda tarixiy ongni shakllantirishning metodik shart-sharoitlari refleksiv mashq va o‘yinlarga asoslanib loyihalangan “Ibrat va o‘z-o‘zini anglash” mualliflik didaktik tizimini mustaqil o‘qish jarayonida tizimli qo‘llash, zamon va makon birligida davr bilan dialogga kirishishning adaptiv darajalarini belgilash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy asarlar vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tarixiy ongni shakllantirish metodikasi bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tarixiy ongni shakllantirish tizilmasi, mohiyati va komponentlarini aniqlashtirish, o‘quvchilarda milliy va umummadaniy kompetensiyalarni shakllanganligini baholash mezonlari va o‘quv topshiriqlari majmuini ishlab chiqishga doir takliflardan Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 159-bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturlarini ishlab chiqishga foydalanilgan (Respublika ta’lim Markazining 2020 yil 27 iyuldagi 01/11-02/2-763-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’lim mazmunini tarixiy tavsifdagi o‘quv materiallari asosida takomillashtirishga xizmat qilgan;
badiiy asarlar vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tarixiy ongni shakllantirish modelining amaliy komponentini interfaol ta’lim metodlarini qo‘llash asosida takomillashtirish, badiiy asarlar vositasida o‘quvchilarda tarixiy ongni shakllantirish texnologiyasining algoritmik bosqichlarini aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Tarbiya fanini o‘qitish texnologiyasi” qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan; (Respublika ta’lim Markazining 2020 yil 27 iyuldagi 01/11-02/2-763-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf tarbiya darslarida tarixiy-badiiy matnlar ustida ishlashga doir topshiriqlardan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
badiiy pedagogika vositasida o‘quvchilarda tarixiy ongni shakllantirishga doir badiiy asarlar ustida ishlashga doir o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqish, virtual ekskursiyalarni tashkil etish va o‘tkazishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2020 yil 30 apreldagi “Xalq ta’limini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi 114-son buyrug‘iga asosan, “Respublika ta’lim markazi negizida o‘quv-metodik adabiyotlarni nashrgacha tayyorlash blokini tashkil etish” loyihasi doirasida umumta’lim muassasalarining 4-sinflari uchun darslik va o‘quv metodik majmualarni yaratishda foydalanilgan. (Respublika ta’lim Markazining 2020 yil 27 iyuldagi 01/11-02/2-763-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tarixiy ongini shakllantirishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan.