Shirbacheeva Gulchexra Shakirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining kasbiy-pedagogik madaniyatini rivojlantirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3. PhD /Ped1147
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mirsolieva Muxabbat To‘xtasinovna pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining kasbiy-pedagogik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalar kasbiy-pedagogik madaniyatini muvaffaqiyatli shakllantirishga yordam beradigan tashqi va ichki pedagogik sharoitlar majmui motivatsion-kognitiv, faoliyatli-ijodiy va hissiy-baholash komponentlarini emotsionallik va aqliy yondashuvlar hamda ob’ektiv va sub’ektiv ta’sir darajasining barqarorligiga bosqichma-bosqich moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
kasbiy-pedagogik madaniyatni rivojlantirish shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon, ta’limni insonparvarlashtirish, sub’ekt-sub’ekt munosabatlarini pedagogik o‘zaro manfaatli hamkorlik ob’ektiv va sub’ektiv omillarga sinxron moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
kasbiy-pedagogik madaniyatni rivojlantirish modeli kompetensiyaning tarkibiy qismlari va kasbiy ahamiyatli sifatlar xarakterinining ta’limiy-didaktik imkoniyatlarini raqamli kasbiy tajribaga va milliy qadriyatlarga uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarining kasbiy-pedagogik madaniyatini adekvat baholash mezonlari umumiy, mehnat hamda kasbiy madaniyatni ta’lim yutuqlari monitoringi muvofiqligini motivatsion komponentlarga diagnostik jarayonining texnologik imkoniyatlariga intensiv transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining kasbiy-pedagogik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
talabalar kasbiy-pedagogik madaniyatini muvaffaqiyatli shakllantirishga yordam beradigan tashqi va ichki pedagogik sharoitlar majmui motivatsion-kognitiv, faoliyatli-ijodiy va hissiy-baholash komponentlarini emotsionallik va aqliy yondashuvlar hamda ob’ektiv va sub’ektiv ta’sir darajasining barqarorligiga bosqichma-bosqich moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida «Menedjment i upravlenie v doshkol`nom obrazovanii» nomli o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-son qarori asosida berilgan 110-12-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining kasbiy-pedagogik madaniyatini rivojlantirish modeli takomillashtirilgan;
kasbiy-pedagogik madaniyatni rivojlantirish shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon, ta’limni insonparvarlashtirish, sub’ekt-sub’ekt munosabatlarini pedagogik o‘zaro manfaatli hamkorlik ob’ektiv va sub’ektiv omillarga sinxron moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-20170923121 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 1 dekabrdagi 02-07-3846/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining kasbiy-pedagogik madaniyatini rivojlantirishning ilmiy-metodik bazasini kengaytirish imkoni yaratilgan;
kasbiy-pedagogik madaniyatni rivojlantirish modeli kompetensiyaning tarkibiy qismlari, kasbiy ahamiyatli sifatlar xarakterini rivojlantirishning ta’limiy-didaktik imkoniyatlarini va ta’lim jarayonlarini raqamli kasbiy tajribaga milliy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga takliflar asosida «Menedjment i upravlenie v doshkol`nom obrazovanii» nomli o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-son qarori asosida berilgan 110-12-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarining kasbiy-pedagogik madaniyatini rivojlantirishning samaradorlik darajasini oshirish imkonini bergan.
talabalarining kasbiy-pedagogik madaniyatini adekvat baholash mezonlari umumiy madaniyat, ish madaniyati hamda kasbiy madaniyatni diagnostik jarayonining texnologik imkoniyatlari va ta’lim yutuqlari monitoringini muvofiqligini motivatsion komponentlariga intensiv transformatsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida «Menedjment i upravlenie v doshkol`nom obrazovanii» nomli o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-son qarori asosida berilgan 110-12-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarining kasbiy-pedagogik madaniyatini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari kengaytirilgan.