Urazmetova Shoira Azatbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Raqamli resurslarni modellashtirish asosida talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirish», 13.00.06 - Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2934.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Mo‘minov Bahodir Baltaevich, texnika fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli resurslarni modellashtirish asosida talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning axborot kompetentligi kasbiy va pedagogik faoliyatda samarali qarorlar qabul qilish, raqamli texnologiyalarini o‘zlashtirish darajasi hamda matematik, grafik, formulali va algoritmik jarayonlarni diagnostik modellashtirish asosida takomillashtirilgan; 
talabalarda axborot kompetentlik darajasi motivatsion-kommunikativ texnik, tashkiliy-gnostik faoliyatli, kreativ-refleksiv psixologik komponentlarini o‘zini o‘zi baholashning pedagogik imkoniyatlarini diagnostik loyihalashtirish asosida  takomillashtirilgan;
talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirish modeli variativ, statistik, reproduktiv, produktiv qisman izlanuvchan, izlanuvchan-kreativ psixologik omillarning shakllanish xususiyatlarini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
axborot kompetentlikni rivojlantirish metodikasi “Blended learning”, “Flipped classroom”, Flesh texnologiyalari, loyiha, keys-stadi va evristik rivojlantiruvchi yondashuvlarga imperik-deduktiv sinxron moslashtirish  asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli resurslarni modellashtirish asosida talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarning axborot kompetentligi kasbiy va pedagogik faoliyatda samarali qarorlar qabul qilish, raqamli texnologiyalarini o‘zlashtirish darajasi hamda matematik, grafik, formulali va algoritmik jarayonlarni diagnostik modellashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida “Diskret matematika” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 522-son buyrug‘i asosida berilgan 522-095-raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarning axborot kompetentligini model va modellashtirish asosida rivojlantirish omillarini aniqlash imkoni oshirilgan; 
talabalarda axborot kompetentlik darajasi motivatsion-kommunikativ texnik, tashkiliy-gnostik faoliyatli, kreativ-refleksiv psixologik komponentlarini o‘zini o‘zi baholashning pedagogik imkoniyatlarini diagnostik loyihalashtirish asosida  takomillashtirishga  oid takliflar PZ-2017927124 raqamli «Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish» mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy–texnik kengashining 2021 yil 27 martdagi ma’lumotnomasi). Natijada, raqamli resurslarni modellashtirish asosida talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirish modeli ishlab chiqilgan; 
talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirish modeli variativ, statistik, reproduktiv, produktiv qisman izlanuvchan, izlanuvchan-kreativ psixologik omillarning shakllanish xususiyatlarini aniqlash asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida “Diskret matematika” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 522-son buyrug‘i asosida berilgan 522-095-raqamli guvohnoma). Natijada, raqamli resurslarni modellashtirishning pedagogik aspektlarini aniqlashtirish darajasi oshgan va fanni didaktik ta’minoti takomillashgan;
axborot kompetentlikni rivojlantirish metodikasi “Blended learning”, “Flipped classroom”, Flesh texnologiyalari, loyiha, keys-stadi  va evristik rivojlantiruvchi yondashuvlarga imperik-deduktiv sinxron moslashtirish  asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida “Diskret matematika” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 522-son buyrug‘i asosida berilgan 522-095-raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarning axborot kompetentligini takomillashtirish samaradorligi ortgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish