Toshpulatova Dilorom Bobanazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Zamonaviy o‘zbek nasrida muallif ongi va uni ifodalash shakllari (Ulug‘bek Hamdam va Isajon Sulton asarlari misolida)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Discertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1583.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Botirova Shaxlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Nosirov Azmiddin Normamatovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Tuychieva Shahnoza Fatxullaevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy o‘zbek nasrida muallif ongini ifodalash usullarining shakllanishi va tadrijiy takomilini aniqlash hamda Ulug‘bek Hamdam, Isajon Sulton asarlarida muallif “men”i, muallif ovozi, muallif shuurida bo‘y ko‘rsatayotgan poetik izlanishlarni falsafiy-estetik, psixoanalitik yondashuvning muhim nazariy qirralarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ulug‘bek Hamdam va Isajon Sulton asarlarida muallif “ong”i va “men”ini ifodalashning mif va din, falsafa va adabiyot, tavsiflash va til vositalari asosida rivojlanish tadriji va epos, drama, romanlarning o‘ziga xos tamoyillari yunon mifologiyasi bilan aloqadorligi dalillangan;
Ulug‘bek Hamdam ijodining “Yolg‘izlik” qissasidan boshlangan individual uslubiy xususiyatlari va muallif ijodiy konsepsiyasining badiiy takomili uning asarlarida aks etgan “men” va “ong” tabiatidagi evrilishlar hamda yozuvchi ijod laboratoriyasi o‘sib borganligi asoslangan;
Isajon Sultonga xos mifopoetik talqin unsurlari mifologik tafakkurning poetik metamorfoza negizida yuzaga kelishi va badiiy mifopoetik talqinga aylanish jarayonining ong va tuyg‘uda yaxlit konseptual sabab va omillari asoslangan;
yozuvchilar (Ulug‘bek Hamdam, Isajon Sulton) ijodiy konsepsiyasidagi “ong” va “men” talqini jahon badiiy tafakkurida yuz berayotgan ijodiy an’ana va yangilanishlar, badiiy tafakkur borasidagi ijodiy evrilishlar, mutafakkir zotlarning milliy o‘zlikni anglash borasidagi milliy va umuminsoniy axloqiy qadriyatlar hamda falsafiy-ahloqiy qarashlari asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy o‘zbek nasrida muallif ongi va uni ifodalash shakllarini tadqiq etish hamda uning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish asosida:
jahon adabiyotshunosligining poetik qonuniyati hisoblangan muallif “ong” va “men”ini ifodalashning rivojlanish tadriji va o‘ziga xos tamoyillarining yunon mifologiyasi bilan aloqadorligi antik davr adabiyot namunalarini tahlil qilish asosida chiqarilgan ilmiy xulosalardan FA-F1-GOO2 “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini bajarish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 17 noyabrdagi 350/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning fol`klor va adabiy janrlar yuzasidan nazariy manbalar boyishiga erishilgan;
Ulug‘bek Hamdam ijodining individual uslubiy xususiyatlari va muallif ijodiy konsepsiyasining badiiy takomili uning asarlarida aks etgan “men” va “ong” tabiatidagi evrilishlar hamda yozuvchi ijod laboratoriyasini o‘rganish asosida olingan xulosalardan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasini bajarish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 17 noyabrdagi 350/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning fol`klorshunoslik va adabiyotshunosligi tarixini yuzasidan boblarining nazariy manbalar bilan boyishiga erishilgan;
Isajon Sultonga xos mifologik tafakkurning poetik metamorfoza negizida yuzaga kelishi va badiiy mifopoetik talqinga aylanish jarayonining sabab va omillari badiiy psixologizm qonuniyatlari asosida o‘rganilishi yuzasidan chiqarilgan xulosalardan Yo0-A1-009 raqamli “Oliy ta’lim muassasalaridagi fanlarni o‘qitishning metodik sistemasini ishlab chiqish va shu asosida innovatsion elektron o‘quv-uslubiy majmuasini yaratish” amaliy loyihasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining 2021 yil 06 dekabrdagi 5154-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning mifologik tafakkurning poetik metamorfoza negizida yuzaga kelishi va badiiy mifopoetik talqinga aylanishi haqidagi g‘oyalar bilan boyitilishiga erishilgan.
yozuvchilar (Ulug‘bek Hamdam, Isajon Sulton) ijodiy konsepsiyasidagi “ong” va “men” talqini jahon badiiy tafakkurida yuz berayotgan ijodiy evrilishlar, mutafakkir zotlarning milliy o‘zlikni anglash borasidagi falsafiy-axloqiy qarashlari asosida chiqarilgan xulosalar FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasini bajarish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 17 noyabrdagi 350/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning nazariy ma’lumotlar, amaliy ishlanmalar bilan boyishiga erishilgan.