Sayfullaeva Nigora Zakiralievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda iqtisodiy tafakkurni innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirish (iqtisodiy fanlarni o‘qitish misolida)”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped565.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020 Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov A’lamjon Amrilloevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent; Qodirov Abdusattorxo‘ja, iqtisod fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda innovatsiya texnologiyalari asosida iqtisodiy tafakkurni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tasiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyat taraqqiyotining asosiy maqsadlariga (makro va mikro) yo‘naltirilgan innovatsion iqtisodiy tafakkur tushunchasining mohiyati bilimlarni innovatsiyaga aylanish bosqichlaridagi iqtisodiy fikrlash tuzilmasi (ob’ekti, sub’ekti va yo‘nalishi) va turlarini (davlat, bozor, ijtimoiy) aniqlashtirish asosida ochib berilgan;
iqtisodiy fanlarni o‘qitishda iqtisodiy tafakkurni rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalarini loyihalash jarayoni iqtisodiy tafakkur va talaba madaniyatining o‘zaro aloqador elementlarini (bilim, dunyoqarash, tarbiyalanganlik) belgilash asosida takomillashtirilgan;
iqtisodiy tafakkurni rivojlantiruvchi auditoriyadan tashqari o‘quv faoliyati bosqichlari innovatsion-tadqiqotchilikka yo‘naltirilgan ta’lim yondashuvlarining (“esse”, “fleshmob” kabi) talaba shaxsida iqtisodiy tafakkurni shakllantirish imkoniyatlari tarkibini (iqtisodiy voqelik, iqtisodiy xulq-atvor normalari, iqtisodiy madaniyat, iqtisodiy axloq) ochib berish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida iqtisodiy fanlarni o‘qitishning ilmiy-uslubiy ta’minoti pedagogik jarayonlarning metodik kompleksi (tavsiyalar, ishlanmalar, resurslar, ssenariylar) va talabalarda iqtisodiy tafakkurning rivojlanish darajasini baholash tuzilmasi (kognitiv, psixoemotsional, stereotiplashtirish bo‘yicha)ni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsiya texnologiyalari asosida talabalarda iqtisodiy tafakkurni rivojlantirish jarayonida olingan natijalar asosida:
jamiyat taraqqiyotining asosiy maqsadlari (makro va mikro), innovatsion iqtisodiy tafakkur tushunchasining mohiyati, bilimlarni innovatsiyaga aylanish bosqichlaridagi iqtisodiy fikrlash tuzilmasi (ob’ekti, sub’ekti va yo‘nalishi) va turlari (davlat, bozor, ijtimoiy)ga oid takliflaridan F1-04(08)- “O‘zbekistonda davlat miqyosida turizmni barqaror rivojlanishining strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqish hamda kooperatsiya va integratsiya munosabatlari asosida fermerlik xo‘jaliklarida raqobatbardosh mahsulotlarini etkazishning muqobil modellarini ishlab chiqish” (2017-2020 yillar) mavzudagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus vazirligining 2020 yil 24 sentyabrdagi 89-03-3513 – son ma’lumotnomasi). Mazkur loyihani amalga oshirilishi natijasida talabalarda iqtisodiy tafakkurni rivojlantirish jarayoni samaradorligini baholash ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish imkoniyati yuzaga kelgan;
iqtisodiy fanlarni o‘qitishda iqtisodiy tafakkurni rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalarini loyihalash jarayoni, iqtisodiy tafakkur va talaba madaniyatining o‘zaro aloqador elementlari (bilim, dunyoqarash, madaniyat), iqtisodiy tafakkurni rivojlantiruvchi auditoriyadan tashqari o‘quv faoliyati bosqichlari, innovatsion-tadqiqotchilikka yo‘naltirilgan ta’lim yondashuvlarining (“esse”, “fleshmob” kabi) talaba shaxsida iqtisodiy tafakurni shakllantirish imkoniyatlariga oid takliflaridan OT-F2-62- “Sanoat korxonasida elektrota’minot tizimining umumlashtirishgan ko‘rsatkichlariga asoslangan “intellektual” elektrotarmoqni shakllantirish nazariyasini rivojlantirish” (2017-2020 yillar) mavzudagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus vazirligining 2020 yil 24 sentyabrdagi 89-03-3513 – son ma’lumotnomasi). Mazkur loyiha talabalarda iqtisodiy tafakkurni axborot-kommunikatsiya vositalari asosida rivojlantirishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalarida iqtisodiy fanlarni o‘qitishning ilmiy-uslubiy ta’minoti, pedagogik jarayonlarning metodik kompleksini (tavsiyalar, ishlanmalar, resurslar, ssenariylar) va talabalarda iqtisodiy tafakkurning rivojlanish darajasini baholash tuzilmasi (kognitiv, psixoemotsional, stereotipizatsiya bo‘yicha) ga oid takliflari kasb ta’limi 5230100-iqtisodiyot bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun “Ratsional iqtisodiy qarorlarni qabul qilish” o‘quv modulining mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus vazirligining 2020 yil 24 sentyabrdagi 89-03-3513 – son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari talabalarida iqtisodiy tafakkurni pedagogik texnologiyalar asosida rivojlantirishga xizmat qilgan.