Ruzimurodov Ixtiyor Nishonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Elektron ta’lim muhitida dasturchilarni kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish» 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi. (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3 PhD /Ped578 
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Mamatov Dilmurod Normurotovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi elektron ta’lim muhitida dasturchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektron ta’lim muhitida dasturchilarning kasbiy kompetentligi integrativ-aksiologik yondashuvni identifikatsiyalash, mustaqil ta’limni amalga oshirish jarayonini talabalarning mantiqiy fikrlash traektoriyasiga sinxron adaptiv moslashtirish asosida rivojlantirilgan;
elektron ta’lim muhitida dasturchilarni kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli talabalarning zaruriy kasbiy kompetensiyalarini motivatsion-qadriyatli, refleksiv mezonlar hamda reproduktiv, fanlararo kasbiy interaktiv kurslar metodikasiga integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak dasturchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari fanlararo integratsiya, elektron ta’lim resurslari, ta’lim saytlari, Android Studio, RAD Studio tilida dasturiy mahsulotlar yaratish, mustaqil ta’limni amalga oshirish jarayonlarini ob’ektli-yo‘naltirilgan yondashuvga sinxron moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak dasturchilarning kasbiy kompetentligini baholash mezonlari konstruksiyalash, tadqiqotchilik, mutaxassislikka xos dialetik transformatsion sifatlar, operatsion, texnologik-psixologik tuzilmalar, verbal operatsiyalar dasturiy ta’minotni ishlab chiqish faoliyati professiogrammasiga refleksiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektron ta’lim muhitida “dasturchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
elektron ta’lim muhitida dasturchilarning kasbiy kompetentligi integrativ-aksiologik yondashuvni identifikatsiyalash, dasturiy komplekslarni ishlab chiqish, mustaqil ta’limni amalga oshirish jarayonini talabalarning mantiqiy fikrlash traektoriyasiga sinxron adaptiv moslashtirish asosida rivojlantirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 29 sentyabrdagi 03-07-2668/04-son dalolatnomasi) Natijada, elektron ta’lim muhitida kompetentli dasturchilarni tayyorlashga oid pedagogik-psixologik jihatlarini tahlil etish, axborot-didaktik ta’minotini rivojlantirishga erishilgan; 
elektron ta’lim muhitida dasturchilarni kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli talabalarning zaruriy kasbiy kompetensiyalarini motivatsion-qadriyatli, refleksiv mezonlar hamda reproduktiv, fanlararo kasbiy interaktiv kurslar metodikasiga integratsiyalashni takomillashtirishga asosida “Hisob” o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan va KA-1-03 raqamli “Yoshlarda vatanparvarlik dunyoqarashini shakllantirishning ilmiy-pedagogik texnologiyalari yagona tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 29 sentyabrdagi 03-07-2668/04-son dalolatnomasi). Natijada, elektron ta’lim muhitida mustaqil ta’limni amalga oshirish asosida kompetentli dasturchilarni tayyorlashning metodik modelini amaliyotga tatbiq etishga erishilgan; 
bo‘lajak dasturchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari fanlararo integratsiya, elektron ta’lim resurslari, ta’lim saytlari, Android Studio, RAD Studio tilida dasturiy mahsulotlar yaratish, mustaqil ta’limni amalga oshirish jarayonlarini ob’ektli-yo‘naltirilgan yondashuvga sinxron moslashtirish asosida takomillashtirishga  oid takliflar PZ-2017927124 raqamli  “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 29 sentyabrdagi 03-07-2668/04-son dalolatnomasi). Natijada, dasturchilarni elektron ta’lim muhitida fanlararo integratsion o‘qitish orqali kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak dasturchilarning kasbiy kompetentligini baholash mezonlari konstruksiyalash, tadqiqotchilik, mutaxassislikka xos dialetik transformatsion sifatlar, operatsion, texnologik-psixologik tuzilmalar, verbal operatsiyalar dasturiy ta’minotni ishlab chiqish faoliyati professiogrammasiga refleksiv moslashtirish asosida takomillashtirishga doir takliflar KA-1-03 raqamli “Yoshlarda vatanparvarlik dunyoqarashini shakllantirishning ilmiy-pedagogik texnologiyalari yagona tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 29 sentyabrdagi 03-07-2668/04-son dalolatnomasi) Natijada, dasturiy injiniring yo‘nalishi talabalarini zaruriy kasbiy kompetensiyalarini rivojlanganlik darajalarini baholash mexanizmlarini ishlab chiqishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish