Sapaeva Dilfuza Narbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ingliz va o‘zbek tillarida tibbiyot terminologiyasining tarkibiy-semantik xususiyatlari (dermatovenerologiyaga oid leksikalar misolida)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil.1462.
Ilmiy rahbar: Sadullaeva Nilufar Azimovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ahmedov Oybek Saporboevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida dermatovenerologiyaga oid terminlarning tarkibiy, leksik-semantik xususiyatlarining o‘xshash va farqli jihatlarini chog‘ishtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tibbiyot terminologiyasi jahon va o‘zbek tilshunosligida yuzaga kelishi, madaniy-tarixiy taraqqiyot bosqichlari aniqlanib, chog‘ishtirilayotgan tillar tizimida tibbiyot terminologiyasining ichki va tashqi omillar hisobiga boyish yo‘llari isbotlangan hamda o‘zlashma qatlamning miqdoriy ko‘rsatkichlari dalillangan;
dermatovenerologik terminologiyada qisqartmalarning klipping (clippings), blending (blending), ellipsis (ellipsis), qisman qisqartmalar (semi-acronyms), bosh harflardan tuzilgan qisqartmalar, miqdor va aniqlovchi ko‘rsatkichli qisqartmalar usullarida yasalishi dalillangan;
dermatovenerologiyaga oid terminlarni teri morfologiyasi (anatomiyasi, gistologiyasi, va fiziologiyasi), kasallik nomlari, davolovchi asbob uskunalar va sinamalar, dori-darmon nomlari hamda klinik belgilar, simptom, sindromlarni atovchi terminlar kabi leksik-semantik terminlarning tub, yasama, qo‘shma va birikma terminlar tarzida ifodalanishi asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillarida dermatovenerologiya sohasiga oid terminlarda bir, ikki, uch, to‘rt, besh komponentli sinonimlar, tub va yasama antonimlar, sohalararo omonimlar, shaxs va joy nomlariga asoslangan eponimlarning tillararo o‘xshash va farqli jihatlari aniqlanib, metaforik ko‘chishning modellari va metonimiya mavjudligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida tibbiyot terminlarining shakllanish, rivojlanish, tarkibiy va semantik xususiyatlarini ochib berish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
tilshunoslikda dermatovenerologiya sohasiga oid terminlarning etimologik xususiyatlarini aniqlash orqali, ushbu soha terminlarining til tizimidagi o‘rni borasidagi ilmiy xulosalardan ingliz va o‘zbek tilida «Dermatovenerologik terminlarning inglizcha-o‘zbekcha izohli lug‘ati» ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 6 sentyabrdagi 04/15-06-09-01-son ma’lumotnomasi). Natijada soha terminlarining tizimlashtirilishi, leksikografik izohlarini takomili, chog‘ishtirilayotgan tillarda o‘zlashma va baynalminal terminlarning barqarorlashuv mexanizmlari ta’minlangan.
ingliz va o‘zbek tillaridagi dermatovenerologiya terminlarining tarkibiy tuzilishi hamda ulardagi suffiks va prefikslar yuqori, o‘rta, past mahsuldor qo‘shimchalar guruhlariga ajratilishi, dermatovenerologik terminologiyada qisqartmalarning klipping (clippings), blending (blending), ellipsis (ellipsis), qisman qisqartmalar (semi-acronyms), bosh harflardan tuzilgan qisqartmalar, miqdor va aniqlovchi ko‘rsatkichli qisqartmalar usullarida yasalishiga doir ilmiy xulosalardan Urganch Davlat Universitetining Erasmus+dasturining 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHT-JP «Development of the interdisciplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian Universities: CLASS» grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 6 sentyabrdagi 04/15-06-09-01-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan va tadbiq qilingan «Qardosh xalqlar uchun hamkorlik dasturlar» kursi yaratilgan.
dermatovenerologiyaga oid terminlarni teri morfologiyasi (anatomiyasi, gistologiyasi, va fiziologiyasi), kasallik nomlari, davolovchi asbob uskunalar va sinamalar, dori-darmon nomlarihamda klinik belgilar, simptom, sindromlarni atovchi terminlar kabi leksik-semantik guruhlarga ajratish orqali terminlarning tub, yasama, qo‘shma va birikma terminlar tarzida ifodalanishiga doir ilmiy xulosalardan Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya, venerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliy faoliyatida foydalanilgan (Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya, venerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2021 yil 10 avgustdagi 01091584-son ma’lumotnomasi). Natijada teri-tanosil kasalliklari sohasi terminshunoslik tizimini yanada takomillashtirishga va xorijiy hamkor tashkilotlar bilan turli rasmiy hujjatlarni ishlab chiqishda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish uchun xizmat qilgan.
chog‘ishtirilayotgan tillarda dermatovenerologiya terminologiyasida sinonimiya, antonimiya, omonimiya, eponimiya hodisalari aniqlangan hamda, metaforik ko‘chishning modellari va metonimiya mavjudligiga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston», «Oilaviy» telekanallari orqali efirga uzatilgan «Oydin hayot Live», «Online konsul`tatsiya» ko‘rsatuvlari sahifalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 13 avgustdagi 01-35-1351-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillaridagi dermatovenerologiya sohasiga oid terminlarning tarkibiy-semantik xususiyatlari, sinonimik qatorda qo‘llanilishi, ushbu soha terminologiyasida eponimlarning ishlatilishi va albatta nutq madaniyatida qo‘llanilishi bilan boyitilgan.