Yuldasheva Maxpuzahon Qobiljonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiyasi mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Globallashuv jarayonida axborot xavfsizligini ta’minlashning halqaro tamoyillari va O‘zbekiston tajribasi”, 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari (siyosiy fanlar).
Dissertatsiyasi mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ss129.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Narzulla Qosimovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti,PhD/03/30.12.2021/Ss/Tar.21.02.
Rasmiy opponentlar:  Jo‘raev Sayfiddin Axmatovich, siyosiy fanlar doktori,  professor, Yuldashev Anvar Ergashevich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston jurnalistika va   ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  globallashuv jarayonida axborot xavfsizligini ta’minlashning xalqaro tamoyillari asosida Sharqdagi rivojlangan davlatlar  hamda O‘zbekiston tajribasini ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganish, sohadagi muammolar va ularning echimlarini  aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahon “axborot makonida” tashqi siyosiy  targ‘ibotning  turli manfaatli kuch markazlarining muayyan darajada geosiyosiy qarama-qarshiligiga sabab  bo‘lishi bilan bir qatorda o‘z manfaatlarini insoniyat ongiga singdirishga qaratilgan harakatlari axborot xavfsizligiga tahdid bo‘lib, bu «ochiqlik-xolislik-shaffoflik» tamoyiliga asoslangan holda jahon “axborot makoni” holatini  baholashning  muxim  siyosiy   indikatorlaridan biri  ekanligi asoslangan;
O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasiga mos  tashqi siyosati tajribasidan kelib chiqqan holda, axborot xavfsizligini ta’minlashda ijtimoiy tarmoqlardan «ma’naviy-mafkuraviy-axloqiy» yondashuv asosida foydalanish  xalqaro axborot almashuv makonida samarali omillardan biri ekanligi isbotlangan;
axborot xavfsizligini ta’minlashning  milliy strategiyasi samarasini  baholashda «ma’naviy-informatsion, mafkuraviy-immunitet» yondashuvi asosida   ma’naviy va axloqiy mezonlarni ishlab chiqishning zarurati  asoslab berilgan; 
axborot xavfsizligini ta’minlashning   milliy tizimini rivojlantirishda ilg‘or jahon tajribalariga ko‘ra,  ilmiy tadqiqotlar ustuvorligiga erishish, kadrlar tayorlashda zamonaviy  yondashuv,  «sun’iy intellekt» orqali manfaatli loyihalar yaratishni  ommalashtirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Globallashuv jarayonida axborot xavfsizligini ta’minlashning halqaro tamoyillari va O‘zbekiston tajribasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
axborot xavfsizligiga tahdidlar bo‘yicha tashqi siyosiy targ‘ibotdagi «ochiqlik-xolislik-shaffoflik»  tamoyili  xozirgi kunda jahondagi turli kuch markazlarining geosiyosiy qarama-qarshiligining «axborot makoni»ga ko‘chganligi, globallashuv jarayonida axborot xavfsizligini ta’minlashda ijtimoiy tarmoqlardan «ma’naviy-mafkuraviy-axloqiy»  yondashuv asosida foydalanish, xalqaro axborot almashuv makonida  O‘zbekiston tajribasining muhim omili bo‘lib, axborot xavfsizligini ta’minlashning milliy rivojlanish strategiyasining  ma’naviy va axloqiy mezonlarini «ma’naviy-informatsion, mafkuraviy-immunitet» yondashuvi asosida  ishlab chiqish bilan bir qatorda, globallashuv jarayonlarida  axborot xavfsizligini     ta’minlashga qaratilgan milliy tizimni rivojlantirishda ilmiy-tadqiqotlar ustuvorligi, kadrlar  tayorlashda zamonaviy yondashuv, «sun’iy intellekt» orqali manfaatli loyihalar yaratishni  ommalashtirish bo‘yicha berilgan ilmiy yangilik va takliflardan “Yuksalish” umummilliy harakatining chora-tadbirlar dasturiga kiritilib, Harakat faoliyatini takomillashtirishda foydalanilgan (“Yuksalish” umummilliy harakatining 2020 yil 10 fevraldagi 169/20-son  ma’lumotnomasi). Ushbu tadqiqot natijalari manfaatdor qatlamlar yoshi, jinsi, irqi va millatidan qa’tiy nazar, O‘zbekiston fuqarolaridir, chunki bugungi globallashgan axborot oqimi zamon va  makon, auditoriya tanlamagani bois, tadqiqot ishi barcha uchun birdek ahamiyatli ekanligi e’tirof etilgan.
axborot xavfsizligini ta’minlashning xalqaro va milliy xavfsizlikni ta’minlashdagi o‘rni, bu jarayonning  mintaqalararo strategik, axborot-kommunikatsiya vositalarini qo‘llash jarayonida axborotlashgan jamiyatga siyosiy, ma’naviy, ijtimoiy ta’siri, axborot xavfsizligini ta’minlashning xalqaro me’yoriy jihatlari, O‘zbekiston sharoitidagi milliy xususiyatlari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining  2017-2020 yillarda amalga oshirilgan amaliy tadqiqotlar davlat grantlari loyihasi doirasida “Globallashuv sharoitida tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi g‘oyaviy, mafkuraviy va axborot xurujlariga qarshi kurashning zamonaviy mexanizm va texnologiyalarini yaratish” mavzusidagi davlat grantini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston sharoitidagi milliy xususiyatlari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 8 yanvardagi 03/07-29-son ma’lumotnomasi). Markazning hududiy va masofaviy seminar-treninglarida, ma’naviyat targ‘ibotchisiga qo‘llanma seriyasi asosida “Axborotlashgan jamiyatda ma’naviy xavfsizlik masalalari” risolasi  chop etilib, globallashuv jarayonida axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha amaliy treninglar o‘tkazishda foydalanilgan. Natijada, fuqarolarda sog‘lom dunyoqarashni kuchaytirishga doir chora-tadbirlar samaradorligining ortishiga erishilgan;
xalqaro tashkilotlar va rivojlangan davlatlardagi mavjud axborot xavfsizligiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o‘rganish natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasining 2020 yil 27 yanvardagi ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur Akademiya tinglovchilarining globallashuvning milliy madaniyatlarga shiddatli ta’sir etish imkoniyati kengayib borayotgani, ushbu jihatlar esa aksariyat hollarda tahdid sifatida namoyon bo‘layotgani, bugungi kunda axborot xavfsizligini ta’minlash va milliy manfaatlarni himoya qilish masalalariga doir nazariy bilimlari va amaliy tajribalarining ortishiga erishilgan;
global axborotlashuv sharoitida axborot xurujlari ko‘lamining kengayishi, xalqaro tajribalarga yondashuv, Sharq mamlakatlari tajribasining sohaga doir islohotlari bo‘yicha O‘zbekiston teleradiokompaniyasining “Mahalla” telekanali dasturlaridan o‘rin olgan “Ma’rifat yog‘dusi”, “Jurnalist nigohida” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (“Mahalla” telekanali DUKning 2019 yil 27 dekabrdagi 01/18-336-son ma’lmuotnomasi). Natijada, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalarining yoritilishi milliy qonunchilik va xalqaro tajribaga oid ma’lumotlarning ilmiy-tahliliy tadqiqoti bo‘yicha zamonaviy auditoriyaning nazariy saviyasining ortishiga xizmat qilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish