Komilov Tolib Olimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Skvajinaning asoratli qatlamlarini izolyasiya qilish maqsadida tamponaj qorishmasini etkazib berish texnologiyasini ishlab chiqish», 04.00.11 – Quduqlarni burg‘ilash va o‘zlashtirish texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T1085.
Ilmiy rahbar: Umedov Sherali Xalloqovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/05.06.2020.T.03.06.
Rasmiy opponentlar: Raximov Akbarxo‘ja Kamilovich, texnika fanlari doktori, professor; Matyakubov Marim Yusupovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: «O’ZLITINEFTGAZ» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: skvajinaning asoratli qatlamlarini izolyasiya qilish uchun tamponaj qorishmasini etkazib berish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlatish skvajinalarida suv oqimini izolyasiya qilish sifatini oshirish maqsadida tamponaj qorishmasini etkazib beradigan konteynerning prinsipial yangi konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
tajriba stendida suv bosishini bartaraf etish jarayonida tamponaj qorishmasi strukturasiga haroratning ta’siri bog‘liqlikligi aniqlangan;
tajriba stendini qo‘llash orqali konteyner klapani ishlab ketishi omillari aniqlangan;
skvajinada suv oqimini izolyasiya qilish va suv bosishini bartaraflash maqsadida tamponaj qorishmasini etkazish uchun skvajinaga kabelda tushiriladigan konteynerning kritik tezligi aniqlangan;
skvajinaning asoratli joyiga tamponaj qorishmasini etkazib berish uchun konteynerni ishlatish shartlari optimal rejimlardan farqlanishini ifodalovchi texnologik sxema ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Neft` va gaz skvajinalarini ishlatish jarayonida suv oqimlarini izolyasiya qilish va suv bosishini bartaraf etish maqsadida kabel orqali tushiriladigan konteyner yordamida tamponaj materialini etkazib berish texnologiyasini ishlab chiqish natijalari asosida:
skvajinaning asoratli qatlamlariga tamponaj qorishmasini etkazib berish uchun konteynerga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiroga patent olingan (IAP 06550, 2021 y.). Natijada, kimyoviy reagentlar, to‘ldiruvchi moddalar va tamponaj sementlarining sarfini tejash imkonini bergan;
suv oqimlarini izolyasiya qilish va suv bosishini bartaraflash uchun taklif etilgan texnologiya «O‘zbekneftegaz» AJ maydonlarining murakkab sharoitlardagi Janubiy Kemachi konining №78 skvajinasida joriy qlingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2021 yil 2 avgustdagi 03-17-5/113-son ma’lumotnomasi). Natijada, nasos kompressor quvurlarini tushirib-ko‘tarishlar soni 12 foizga qisqargan, hamda tamponaj aralashmasini etkazib berish va sementli mostni o‘rnatishda 3-4 marta kam vaqt sarflanish imkonini bergan.