Muxammedov Iqbol Ilxom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Penicillium brevicaule alba-CC200 va Aspergillus egypticus–HT166S endofit zamburug‘laridan olingan oshqozon osti bezi α-amilaza fermenti ingibitorlarini qiyosiy baholash», 03.00.12 – Biotexnologiya  (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/V417.
Ilmiy rahbar: Ruzieva Dilorom Mutalibovna, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.V.38.01.
Rasmiy opponentlar: Toshmuxammedova Shoxista Sobirovna, biologiya fanlari doktori, professor; Maxsumxanov Axmadjon Azamxonovich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy  va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: endofit zamburug‘larining tanlangan faol shtammlaridan oshqozon osti bezi α-amilaza ingibitorlarini ajratib olish, ularning kimyoviy tabiatini aniqlash va gipoglikemik preparatlar ishlab chiqarish uchun ulardan foydalanish istiqbollarini qiyosiy baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor  C. cristata va N. tuberosus o‘simliklarida yashovchi P. brevicaule alba-CC200 va A. egypticus-HT166S endofit zamburug‘lari oshqozon osti bezi α-amilazasiga nisbatan yuqori ingibitor faollikka ega bo‘lgan ikkilamchi metabolitlar hosil qilishi aniqlangan;
endofit zamburug‘larning triterpen saponinlar va polimetoksillangan flavonoidlari α-amilaza ingibitorlari ekanligi asoslangan;
P. brevicaule alba-CC200 va A. egypticus-HT166S endofit zamburug‘lari yuqori antioksidant faollikka ega ekanligi aniqlangan;
ilk bor barqaror o‘sishi va yuqori faol metabolitlar ishlab chiqarish potensialiga ega bo‘lgan P. brevicaule alba-CC200 va A. egypticus-HT166S endofitlarining mahalliy shtammlari α-amilaza ingibitorlarini haqiqiy ishlab chiqaruvchilari bo‘lib xizmat qilishi, samaradorligi bo‘yicha tijorat akarboza ingibitori bilan solishtirish mumkinligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
P. brevicaule alba-CC200 va A. egypticus–HT166S mahalliy endofit zamburug‘lar shtammlaridan α-amilaza ingibitorlarini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
farmatsevtikada ishlatish uchun pankreatik α-amilazaning ingibitorini hosil qiluvchi Penicillium brevicaule alba–8E endofit zamburug‘ shtammi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan foydali modelga patent olingan (№FAR 01470, 2019.y). Natijada, α-amilaza ingibitorini hosil qiluvchi shtamm gipoglikemik faolligiga ega bo‘lagan metabolitlarni ishlab chiqarish imkonini bergan;
P. brevicaule alba-CC200 va A. egypticus–HT166S shtammlaridan ajratib olingan ikkilamchi metabolitlaridan №PZ-20170914133 “Antidiabetik o‘simliklarning endofit zamburug‘laridan α-amilaza ingibitorlarini olish” fundamental loyihasida α-amilaza ingibitori, antioksidant, antimikrob va antikoagulyant sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 23 apreldagi 4/1255-1191-son ma’lumotnomasi). Natijada, P. brevicaule alba-CC200 shtammining ikkilamchi metabolitlari gipoglikemik klinik dorilardan kam bo‘lmagan ishonchli antidiabetik faollikka ega ekanligini aniqlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish